Karimovning eksport toʻsigʻi bekor qilindi

Eksport mollari roʻyxati kengaytirildi
Image caption Eksport mollari roʻyxati kengaytirildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan, 12ta mahsulotning mamlakatdan chetga sotilishiga qoʻyilgan toʻsiq olib tashlandi.

Bundan buyon don, goʻsht, sut mahsulotlari, shakar, oʻsimlik yogʻi, charm va ipak xom ashyosini eksport qilish mumkin boʻladi.

Shuningdek, yangi farmonga binoan, antikvar mebel, rangli metallar, qorakoʻl terisi, pilla va plastik upakovkalarini ham chet elga sotish mumkin.

Eksportchilar mazkur mahsulotlar savdosi boʻyicha kelishilgan shartnomalarni davlat bojxona idoralariga taqdim etishlari kerak boʻladi.

Marhum prezident Islom Karimov qoʻli ostida mazkur mahsulotlar Oʻzbekiston uchun boʻlgan strategik ahamiyati va ichki bozordagi tanqisligi tufayli chetga sotilishi man etilgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring