Nobel sovrindori rus PEN-markazini tark etdi

Aleksiyevich Rus Pen-markazini hukumatga xayrixohlikda aybladi
Image caption Aleksiyevich Rus Pen-markazini hukumatga xayrixohlikda aybladi

Belaruslik yozuvchi, adabiyot uchun Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich Rus PEN-markazi aʼzoligidan chiqib ketdi. Adiba bu qarorini markaz aʼzoligidan jurnalist Sergey Parxomenkoning chiqarilgani va ukrainalik rejissyor Oleg Sentsovga yordam berilmagani bilan izohladi.

Rus PEN-markazi sovet davridan qolgan Yozuvchilar uyushmasidan farq qilib, inson huquqlari uchun kurashish maqsadida qurilgan. Ammo, oxirgi vaqtda markazda boʻlinish yuzaga kelib, rahbariyat Putinparastlikda ayblanyapti.

"Nasha Niva" nashriga bergan intervyusida Aleksiyevich Rus Pen-markazini hukumatga xayrixohlikda aybladi.

"Gap shundaki, PEN asoschilarining barcha gʻoyalari oyoqosti boʻlyapti. Mana qamoq jazosini oʻtayotgan Sentsov ishiga qarang.. PEN bayon qilishicha, kimnidir himoya qilish yozuvchilarning ishi emas ekan, yozuvchilarning ishi jimgina oʻtirib yozish ekan, yaʼni hukumat etiklarini yalash ekan", - dedi yozuvchi.

"Bunga oʻxshash holat - yozuvchilar, yozuvchi tashkilotlarning shunchalar qoʻrqoqlik bilan yoʻl tutishi Stalin davrlarida ham boʻlgan. Lekin, Putin bir kun ketadi, bu varaq esa PENning tarixida qoladi", - deya qoʻshimcha qildi u.

Rejissyor Oleg Sentsov 2014 yil bahorida Qrimning Rossiya tarkibiga qoʻshib olinishi ortidan Qrimda qoʻlga olinib, terrorchilikda ayblangan va 2015 yilda 20 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring