Turkiya yuk samolyoti Qirgʻiz qishlogʻi ustiga qulagan - rasmlar

Bishkek yaqinida halokatga uchragan Turkiya yuk uchogʻi aholi maskani ustiga qulab tushgan.

Qurbonlar soni 40 nafarga yaqinlashgan. Yana ortadi, degan xavotirlar bor.

Turkiyaning ACT havo shirkatiga qarashli Boing- 747 rusumli yuk samolyoti Gong-Kongdan kelayotgan boʻlib, Qirgʻizistonning "Manas" aeroportida toʻxtab oʻtishi kerak edi.

Image copyright BBCuzbek
Image caption Halokat sodir boʻlgan joy xaritada

Ammo atrofni quyuq tuman qoplagan tonggi soat 07.31da Bishkek yaqinidagi Dacha-suu qishlogʻi ustiga ustiga qulab tushgan. .

Image copyright Radio Free Europe/Radio Liberty
Image caption Samolyot qulagan Dacha-suu qishlogʻida kamida 15ta uy vayron boʻlgan. 40 nafarga yaqin odam qurbon boʻlgan, oʻnlab insonlar yaralangan.
Image copyright EPA
Image caption Tirik qolgan odamlarning koʻpchiligi hamon yaqinlariga nima boʻlganini bilishmaydi
Image copyright AFP
Image caption Yuk samolyotidagi 4 nafar ekipaj aʼzosi ham halok boʻlgan. Biroq bir uchuvchi hali topilmagan, deyilmoqda.
Image copyright Reuters
Image caption Turk yuk uchogʻi sahar soat 7.17da, odamlar endi uyqudan turayotgan paytda qulab tushgan
Image copyright AP
Image caption Gong-Kongdan kelayotgan uchoq Bishkekdagi "Manas" aeroportida toʻxtatib oʻtishi kerak edi
Image copyright Reuters
Image caption Shohidlarga koʻra, samolyot uylar ustiga qulagan va butun boshli oilalar nobud boʻlgan
Image copyright Radio Free Europe/Radio Liberty
Image caption Qutqaruvchilar vayronalar ostidan tirik qolganlarni izlashmoqda
Image copyright AFP
Image caption Samolyot qulashiga quyuq tuman sabab boʻlgan, deyilmoqda. Hozir "Manas" havo qoʻnalgʻasi yopilgan
Image copyright Reuters
Image caption Turkiyadagi ACT havo shirkatiga qarashli Boing-747 rusumli yuk uchogʻi 14 yillik ekan.
Image copyright AP
Image caption Erta seshanba kuni Qirgʻiziston boʻylab motam eʼlon qilindi

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viberda - telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq