Турк юк учоғи Қирғиз қишлоғига қулади.
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Turk yuk uchogʻi Qirgʻiz qishlogʻiga quladi.

Turkiya yuk samolyoti tonggi soat 07.31da Qirgʻizistondagi qishloq ustiga qulab tushgan.

Gong-Kongdan kelayotgan uochq Bishkek yaqinidagi "Manas" aeroportida toʻxtab oʻtishi kerak edi.

Lekin shahar yaqinidagi Dacha-Suu qishlogʻi ustiga qulagan. 20tadan koʻproq uy-joy vayron boʻlgan.

Halokatda Dacha-suu qishlohida yashovchi 40 nafarga yaqin odam va 4 nafar ekipaj aʼzosi halok boʻlgan.

Hali 9ta jasad parchasining shaxsi aniqlanmagan. Qurbonlar soni yana ortadi, degan xavotirlar bor.

Halokat payti atrofni quyuq tuman qoplagan boʻlgan.

Turkiyaning ACT havo shirkatiga qarashli Boing-747 rusumli yuk tayyorasi 14 yillik ekani aytilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini BBCUzbek YouTube kanalida ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring