Suriya isyonkorlari Ostonaga borishadi

Suriyadagi urushda qurbonlar soni 300 000 dan oshgan Image copyright AFP
Image caption Suriyadagi urushda qurbonlar soni 300 000 dan oshgan

Suriyaning isyonkor guruhlari kelasi hafta Qozogʻiston poytaxti Ostonada oʻtadigan tinchlik muzokaralariga qatnashish niyatida ekanlarini tasdiqlagan.

"Jaysh ul-Islom" rahbari Muhammad Allushning aytishicha, u isyonkor guruhlar vakillariga rahbarlik qiladi va hukumat hamda uning ittifoqchilari "jinoyatlariga" nuqta qoʻyish yoʻlida harakat qiladi.

Ostonadagi muzokaralar Turkiya va Rossiya tashabbusi bilan rejalangan.

Ikki mamlakat Suriyadagi qarama qarshi tomonlarni dastaklaydi.

Anqara va Moskvaning harakatlari bilan Suriyada 30 dekabr kuni otashkesim eʼlon qilingandi.

Damashqning shimoliy gʻarbidagi Vadi Barada hududida havo hujumlari va toʻqnashuvlar haqida xabarlar tarqalgandi.

Yakshanba kuni bu hududdagi qishloqni hukumat kuchlari raketa hujumlariga tutgan va oqibatda tinch aholidan toʻqqiz kishi qurbon boʻlgan, deb xabar qiladi Suriyada inson huquqlarini kuzatish markazi.

Ayni otashkesim IShID va Jabhat Fateh al-Sham guruhlariga taaluqli emas.

Isyonkor guruhlar Ostonadagi muzokaralarga oʻz vakillarini yoʻllash haqida qarorni dushanba kuni Turkiyada olishgan.

"Barcha isyonkor guruhlar vakil joʻnatadi. Bunga hamma rozi boʻlgan", deb aytgan Jaysh ul-Islom idorasi AFP xabar agentligiga.

"Ozod Suriya armiyasi" guruhi mulozimi ham Ostonaga vakillarini joʻnatishini aytgan.

Gʻarb tomonidan dastaklanuvchi bu guruh vakili Reuters axborot agentligiga "Biz eng avval otashkesimni Suriya rejimi barbod qilayotgani haqidagi masalani koʻtaramiz", deb aytgan.

Rossiya ayni muzokaralarni oʻtgan yil Jenevada kechgan uchrashuvlar bilan raqobatchilik ruhida oʻtmasligi aytimoqda.

Suriyadagi olti yillik urush oqibatida 300 000 dan ortiq inson qurbon boʻlgan, 11 million kishi boshpanasiz qolgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viberda - telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring