Antarktikada uy olasizmi?

Antarktika - bugun eng zamonaviy va ajobtovur inshootlar qurilayotgan qitʼa. Ular, asosan, ilmiy-tadqiqot markazlari boʻlib, baʼzilarida yil boʻyi olimlar yashashadi.

Aqlni shoshiradigan inshootlarni tiklashdan maqsad - ilmiy tadqiqot. Biroq baʼzi davlatlar uchun bu obroʻ va mavqe hamdir.

Eng kichik va arzon binolar 100 million AQSh dollaridan boshlanadi.

Image copyright Estúdio 41 / Afaconsult
Image caption Braziliyaning Comandante Ferraz ilmiy-tadqiqot stantsiyasi 2018 yili mana shu holatida qurib bitkazilsa, Antarktikadagi eng zamonaviy va qulay majmulardan boʻladi.
Image copyright Estudio 41 Arquitetura
Image caption 2012 yili oʻz ilmiy-tadqiqot markazi yonib ketgach, Braziliya Xitoy mudofaa muhandislariga katta pul toʻlab qulay yangi binosini qurdirmoqda.
Image copyright Estúdio 41/Afaconsult
Image caption Braziliya yangi majmuada oʻz olimlariga katta sharoit yaratmoqda. Mana bu binoning tepa qismi yashash, paskti qismi esa ilmiy tadqiqotlar uchun muoʻljallangan.
Image copyright IMS / bof
Image caption Hindiston ham orqada qolmayapti. Antarktika shimolidagi ummonga qaragan yangi "Bharati" markazida hindlar janubiy qutb suvlaridagi hayotni oʻrganishadi.
Image copyright NCAOR
Image caption Hindiston Antarktikaning janubiy qutb yogʻdusi tushib turadigan nuqtasida oʻz doimiy markazini bunyod etish uchun avvaldan ishlangan 134ta maxsus konteynerni keltirgan va ularni ulab, biriktirib "Bharati"ni tiklagan.
Image copyright EPA
Image caption Janubiy Koreya 4 yil oldin qurgan Jang Bogo stantsiyasi esa uch qanotli boʻlib, u oʻta kuchli qor boʻronlariga dosh beradi. Poʻlat ustunlarda oʻrnatilgan bu majmuada bir vaqtning oʻzida 60 nafar olim yashab, ishlay oladi.
Image copyright Alamy
Image caption Antarktikadagi birinchi doimiy aholi maskani toshlardan tiklangan Omond Haus boʻlib, uni 1903 yili 33 nafar shotlandliyalik olim qurgan. Bugun unga Argentina hukumati qarab turadi.
Image copyright AFP
Image caption AQSh Davlat Kotibi Jon Kerri oldinroq oʻtgan asr boshida yogʻochdan tiklangan Shackleton binosiga borgandi. Ilgari imkonini topgan davlat Antarktikaga kelib, yogʻoch bino tiklab, oʻz bayrogʻini tikkan. Ammo 1950-yillar oxirlariga kelib ayni amaliyotga chek qoʻyadigan xalqaro qonun qabul qilinadi.
Image copyright Getty Images
Image caption AQShning kichik qishloqdek boʻlib qolgan sohildagi McMurdo majmuasi esa oʻz vertolyot maydonchasiga ham ega. 1962-1972 yillari yadroviy quvvat bilan ishlagan ayni goʻsha Antarktikadagi eng katta aholi maskani sanaladi. Yozda bu yerda 1200 odam yashab, ishlaydi.
Image copyright Peter Rejeck, NSF
Image caption Antarktikaning eng katta "shahri" - McMurdo majmuasida qahvaxonada, kinoteatr va nasroniy cherkovi ham bor.
Image copyright British Antarctic Survey
Image caption 1973 yili Britaniya tiklagan Halley III markazi 10 yildan keyin tashlab ketilgan. Chunki bu joyga kelish oʻta qiyin boʻlib, stantsiya ichida havo aylanishi taʼminlash juda qiyin kechgan.
Image copyright Michal Krzysztofowicz
Image caption Britaniya 2013 yili zamonaviy Halley VI ilmiy-tadqiqot majmuasini qurib bitkazdi. Bu stantsiya muz ustida bir joydan ikkinchi joyga koʻcha oladi.
Image copyright James Morris
Image caption Yangi Halley VI stantsiyasi barcha qulayliklarga ega. Har bir yotoqxonaning tashqariga qaragan oʻz derazasi bor.
Image copyright Dr Ross Hofmeyr
Image caption Antarktikadagi qor boʻronlari muammosini birinchi boʻlib Janubiy Afrika bartaraf etgan. Bu mamlakat 1997 yili oʻzining yangi Sanae IV stantsiyasi binosini poʻlat ustunlar ustida barpo etgan. Qor boʻroni tursa, u stantsiya tagidan oʻtib ketaveradi.
Image copyright EPA
Image caption Germaniyaning Neumayer III stantsiyasi yer sathidan 6 metr balandda joylashgan. Yozda bu markazda 50 kishi, qishda esa 9 kishi yashab, ishlaydi.
Image copyright AFP/Getty
Image caption Antarktikada Italiya va Frantsiya birga tiklagan Konkordiya ilmiy-tadqiqot markazidan esa Yevropa Fazo Agentligi foydalanib keladi.
Image copyright International Polar Foundation, Rene Robert
Image caption Belgiya 2009 yili qurib tikazgan "Malika Yelizaveta" stantsiyasi quyosh va shamol energiyasidan ishlaydi. U Antarktikadagi eng ekologik toza bino. Boshqa koʻplab binolar dizel yoqilgʻisi bilan ishlaydi.
Image copyright International Polar Foundation, René Robert
Image caption Fotovoltli quyosh batareyalari elektr quvvati ishlab chiqaradi. Ular qorni eritib, oshxona va hammom uchun suv ham isitib beradi.
Image copyright Alamy
Image caption Xitoy hozir Antarktikada oʻzining toʻrtinchi ilmiy-tadqiqot markazini qurishga kirishmoqda. Mana bu - Taishan nomli yangi markaz maketi.