Toshkentdan munosabat: Lui van Gal murabbiylikdan ketmoqchi

Lui van Gal Image copyright Reuters

Jahon futbol olamida oʻz oʻrni, nufuzi va oʻrniga ega gollandiyalik taniqli murabbiy Lui van Gal isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.

65 yoshli nomdor murabbiy 26 yillik karьerasi davomida soʻnggi bor Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga Bosh murabbiylik qilgan, ammo oʻtgan yil may oyida oʻz vazifasidan chetlatilgandi.

Van Gal orada Gollandiya milliy terma jamoasi, "Ayaks", "Barselona", "Bavariya" va AZ ("Alkmar Zanstrek") klublariga ham boshchilik qilgan.

Shu hafta dushanba kuni golland hukumati Lui van Galni futbolni rivojlantirish yoʻlida qilgan ulkan xizmatlari uchun taqdirlashga qaror qilgan.

Nomdor murabbiyning oʻz isteʼfosiga oid bayonoti esa, ana shu sanadan kun oʻtib yangramoqda.

Lui van Gal qarori sababini oilaviy sabablar bilan izohlagan.

Uning isteʼfosiga oid yangilikka munosabat bildirarkan, Toshkentdan faxriy futbol sharhlovchisi, hakami va murabbiysi Axbor Imomxoʻjayev, "Lui van Gal oddiy muxlislar hurmat qiladigan, izzat qiladigan, eʼzozlaydigan murabbiylardan bittasi edi", - deydi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring