Qirgʻiziston qurbonlarga motam tutdi

Turkiya uchogʻi qulagan joy
Image caption Turkiya uchogʻi qulagan joy

Bishkek yaqinida halokatga uchragan Turkiya yuk uchogʻi aholi maskani ustiga qulab tushishi ortidan halok boʻlganlar uchun Qirgʻiziston motam tutdi.

Shaxsi aniqlangan qurbonlar soni 37 ta ekani aytilmoqda.

Yana toʻqqiz jasad parchalari kimga tegishli ekanligi maʼlum emas.

Bugun qurbonlarning ayrimlari dafn etilgan.

Qolgan mayitlarning qarindoshlari kutilmoqda.

Rasmiylar uchoq halokatiga uchuvchining xatosi sabab boʻlgan degan taxminni ilgari surishmoqda.

Lekin tekshiruvlar hali yana yarim yilcha davom etishi mumkinligi ham bildirildi.

Turkiyaning ACT havo shirkatiga qarashli Boing-747 rusumli yuk samolyoti 16 yanvar tonggi soat 07.31da Bishkek yaqinidagi Dacha-suu qishlogʻi ustiga ustiga qulab tushgan edi.

Halokat payti atrofni quyuq tuman qoplagan boʻlgan.

Gong-Kongdan kelayotgan boʻlib, Qirgʻizistonning "Manas" aeroportida toʻxtab oʻtishi kerak edi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viberda - telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring