Xorijlik sarmoyador Oʻzbekistonga moliya yotqizishdan ogohlantirmoqda

Savdo markazi
Image caption Savdo markazi

2011 yili Shoira Hasanova oʻz ona shahri Chelakda yangidan qayta qurilayotgan dehqon bozoriga sarmoya yotqizishga jazm qildi.

Kanadada yashovchi Hasanova bozor va doʻkonlarni oʻz ichiga olgan markazga 150 ming dollar sarmoya sarfladi.

Uch oydan soʻng bozor bitib, odamlar doʻkonlarni ijaraga olib ishlay boshladilar. Yuzlab ish oʻrinlari yaratildi.

Oʻzining ham bolalik yillari shu bozorda oʻtgan Shoira Hasanovaning aytishicha, ona shahrida odamlarga kun koʻrish imkonini yaratganidan juda hursand edi.

Lekin 2015 yil yozida Shoira Hasanova ona shahriga borgan vaqti eshitdiki, bozor buzilar ekan.

Yangi tayinlangan hokim Abdumoʻmin Joʻrayev buyrugʻi va taklif qilgan yangi loyihasi tufayli bozor vayron etilishini eshitgan doʻkonlarni sotib olgan yoki ijaraga olganlar u yerdan keta boshladilar.

Sarflagan sarmoyasidan hali biron soʻm foyda koʻrmagan Shoira Hasanova hokim huzuriga borib izoh talab qildi.

Bozorning buzilishiga turli vajlarni keltirgan hokim, soʻngida buzmaymiz deb vaʼda berdi.

Lekin Shoira Hasanova 2016 yili noyabr oyida Chelakka borganda koʻrdiki, bozor vayron etilgandi.

Savdogarlar ishsiz, bizneslar toʻxtatagan, ketkazilgan sarmoya koʻkka sovurilgan.

Puli kuygan Shoira Hasanova prezident virtual qabulxonasiga shikoyat yozdi. Shikoyat bozorni buzgan hokimga joʻnatildi.

Hokimning qabulxonadan yuborilgan soʻrovnomaga yoʼllagan maktubida aytilishicha 2010 yil Oʻzbekistonda dehqon bozorlarini takomillashtirish borasidagi farmonga binoan uni boshqa joyga koʻchirishga va oʻrniga paxta qayta ishlab chiqarish korxonasi qurishga qaror berilgan.

Bundan tashqari hokimning aytishicha, bozor atrofidagi doʻkonlar buzilmagan, bozor buzilgan.

Shoira Hasanovaning aytishicha, Oʻzbekiston prezidenti hozirda mamlakatga sarmoyadorlarni daʼvat qilmoqda. Lekin bu kabi holatlar davom etar ekan, hech bir sarmoyador oʻz moliyasini mamlakatga olib kelishni istamaydi.

Bozorning buzilishi haqidagi lavhani Youtubedagi BBC Uzbek kanalida tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring