FBI soʻroviga koʻra "rus programmisti" qoʻlga olindi

Lisov Madridda qoʻlga olingan Image copyright Ria Novosti
Image caption Lisov Madridda qoʻlga olingan

Ispaniya politsiyasi Barselonada taʼtilda boʻlgan rossiyalik programmist Stanislav Lisovni hibsga olgan. Uning xotiniga koʻra, politsiyachilar hibs Federal Tergovlar Byurosi (FBI) va Interpol talabi asosida qilinayotganini aytishgan.

Darya Lisovaning aytishicha, 13 yanvarda u va uning eri Barselona aeroportidan Frantsiyaning Lion shahriga uchishga shaylanayotganlarida Stanislav qoʻlga olingan.

31 yoshli Stanislav Lisov Rossiyaning Taganrog shahrida programmist boʻlib ishlashi aytiladi.

"Mashinadan chiqayotganimizda, ikki politsiyachi kelib, znachoklarini koʻrsatishdi, keyin erimni ushlayotganlarini aytishdi va telefon, planshet, noutbugimizni tekshirishdi", - dedi Lisova.

Uning aytishicha, turmush oʻrtogʻi internet saytlarni qurish bilan shugʻullanadi, biroq aynan nima uchun u qoʻlga olinganini bilmaydi.

RT xabariga koʻra, Lisovning qoʻlga olinishi "rus xakerlariga ov"ning bir qismidir, chunki avvalroq FBI soʻrovi asosida Rossiya fuqarolari Tayland, Chexiya va Armanistonda ham hibsga olinganlar va xakerlikda ayblanganlar.

Hozirda, Lisovaga koʻra, eri Barselona tashqarisidagi turmada qolmoqda, uning oʻzi esa hukumatdan yordam soʻrash uchun Moskvaga uchib kelgan.

Madriddagi Rossiya elchixonasi bildirishicha, Ispaniya politsiyasi Lisov hibsi borasida elchixonani xabardor qilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring