Video - Afgʻoniston "ikkinchi Suriyaga aylanishi mumkin"mi?

Putin va Tramp Image copyright COURTESY

20 yanvar kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarida yangi prezident - respublikachi Donald Tramp rasman qasamyodga keltiriladi.

Afgʻonistonda esa, oʻtgan 15 yil ichida aynan Tolibon tuzumini qulatib, harakatning Islomiy Amirligiga barham bergan Amerika yetakchi soʻzni aytib kelgan.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.

Ammo katta sondagi harbiy hozirligiga qaramay, rasmiy Vashington va Pentagon orada kechgan vaqt davomida afgʻon mojarosiga biror bir yoʻlda yakuniy yechim topa olmagan.

Ustiga ustak, Donald Tramp Afgʻonistondagi xavfsizlik vaziyat qayta izdan chiqib borayotgan bir paytda boshqaruvga kelmoqda.

Boshqa tomondan, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Eron faollashish harakatiga tushib qolgan bir manzarada Donald Tramp shu paytgacha Afgʻonistonga oid tashqi siyosatini durust-quruq bayon ham qilmagan.

Shunday ekan, buyogʻi nima boʻladi?

Biz xuddi shu savolni bugungi "Soʻz Sizga" dasturimizda muhokama ostiga olishga qaror qildik - nazardan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viberda - telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring