Vashington Trampning qasamyod marosimiga hozirlanmoqda

Donald Tramp Image copyright Reuters
Image caption Linkoln yodgorligidagi kontsertda AQShning boʻlajak birinchi xonimi Melaniya Tramp ham ishtirok etgan

Qasamyod marosimi arafasida Vashingtonda oʻtgan kontsertda Donald Tramp "Amerikani birlashtirish"ga vaʼda bergan.

"Biz mamlakatni birlashtirish niyatidamiz... Biz Amerikani barcha amerikaliklar uchun buyuk davlatga aylantiramiz. Mamlakatimizdagi hamma va har bir kishi uchun", - deb aytgan AQShning saylangan prezidenti ikki soatlik kontsert yakunida.

Linkoln yodgorligi zinopoyalarida turib, nutq irod qilgan Tramp amerikaliklarga oʻzgarishlar, jumladan, yangi ish oʻrinlari yaratish, chegara va qurolli kuchlarni mustahkamlash vaʼdasini bergan.

"Biz mamlakatimiz uchun koʻp yillar, koʻpgina oʻn yilliklar davomida qilinmagan ishlarni qilmoqchimiz", - degan u.

Kontsertda aktyor Jon Voyt va qoʻshiqchi Devid Mur mehmon sifatida ishtirok etishgan.

Kontsert boshlanguniga qadar Tramp Vashington chekkasidagi 200 ming nafar urush qatnashchilari dafn etilgan Arlington milliy qabristonini ziyorat qilgan.

Payshanba kuni Vashingtonga yetib kelgan Tramp oʻziga tegishli Trump International mehmonxonasiga joylashgan.

Mehmonxona Oq uydan bir necha mavzeʼ masofada joylashgan.

Boʻlajak prezidentning maʼmuriyati aʼzolari taklif etilgan rasmiy nonushtada Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga qatnashgan.

Ayni paytda Nyu-Yorkdagi "Tramp-tauer" osmonoʻpar binosi oldida oʻtgan norozilik namoyishiga Hollivud yulduzlari va mashhur shaxsiyatlar, jumladan, Robert de Niro va Juliana Murlar ham kelishgan.

Namoyishda bir necha ming kishi ishtirok etgan, ular "Trampga qarshi har kuni kurash", "Hamma uchun adolat va fuqaroviy erkinliklar" kabi shiorlarni koʻtarishgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring