"Rossiyadagi mehnat muhojirlariga jiddiy eʼtibor zarur"

Bahrom Ismoilov Image copyright BBCUZBEK
Image caption Bahrom Ismoilov

Markaziy Osiyodan har yili Rossiyaga millionlab mehnat muhojirlari kelishadi.

Sho'rolar davrida kuzatilmagan mazkur holat ortidagi asosiy sabab esa mintaqa, ayniqsa, O'zbekistondagi og'ir iqtisodiy sharoit, ishsizlik ekani bilan izohlanadi.

Rossiyaga kelayotgan aksariyat mehnat muhojirlari o'z huquqlari yaxshi bilishmaydi. Bu mamlakatdagi barcha ish beruvchi shirkatlar ham muhojirlarning mehnat va boshqa huquqlarini ta'minlamaydi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, huquqiy nuqtai nazardan eng qarovsiz qolgan muhojirlar o'zbekistonliklardir.

Migrantlar ahvolini o'nglash uchun esa, Moskvada faoliyat yurgizuvchi huquqshunos Bahrom Ismoilovning aytishicha, ikki mamlakat o'rtasida siyosiy kelishuv zarur.

Uning so'zlariga ko'ra, hozir O'zbekiston tarafining harakatlari shu tomonga qaratilgan.

"Misol uchun, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Bosh vazirlikdan muvaqqat prezidentlik lavozimiga o'tishi bilan O'zbekistondan Rossiyaga migrantlarga oid shartnoma yuborildi. O'zbekiston migrantlar kelib-ketishi, kasbiy tanlov, bu yerga kelib ishlashi, sug'urta, ish kafolati, mehnat huquqi jamlangan shartnoma asosida ish yuritishni istamoqda", deydi u.

Bahrom Ismoilov Rossiya poytaxtida Yagona migratsiya xizmati va "Zakonы goroda" yuridik firmalar rahbaridir.

U "Millatchiliksiz mamlakat" ijtimoiy harakati asoschisi ham sanaladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati Bahrom Ismoilovdan Rossiyadagi o'zbekistonlik muhojirlarining bugungi muammolari haqida so'ragan.

Suhbatni BBCUZBEK ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling.

Oʻzbekistonlik enaga: "Vatanimizda ham ish boʻlsa edi..."

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring