Donald Tramp - AQSh Prezidenti

AQShning 45- Prezidenti etib saylangan Donald Tramp bugun qasamyodga keltirildi. Marosimning jonli yoritilgan tafsilotlari:

Xulosa

Marosim Vashingtonda erta bilan soat 9.30 da sanʼatkorlar chiqishlari bilan boshlanadi

11.30 Vitse Prezident Mayk Pens qasamyodga keltiriladi

11.45-12.00 - Prezident Obamaning Prezidentlik muddati rasman nihoyasiga yetadi

Soat 15.00dan 17.00ga qadar janob Tramp va janob Pens Pensilvaniya Avnьyusi boʻylab paradda qatnashadilar

19.00 dan 23.00 ga qadar Tramp va Pens rafiqalari bilan 3 ta rasmiy ballda qatnashadilar

Marosimga taxminan 200 ming dollar sarflanadi

Anʼanaga muvofiq xorij rahbarlari marosimda qatnashmaydi

Jonli yoritish

18:55 Shu bilan BBC Oʻzbek Xizmatining AQSh prezidenti qasamyod marosimidan jonli reportaji oʻz nihoyasiga yetdi.

18:38 Taqqoslab koʻring: Obama va Tramp qasamyod marosimlari

Image copyright PBS NewsHour

18:34 Trampning atrofida kimlar bor?

Vitse prezidenti Mayk Pens

Indiana shtati hokimi 57 yoshli Mayk Pensga Donald Tramp maʼmuriyatida yetakchi vazifa berilgan. Rim katoliklari oilasidan boʻlgan Mayk Pens oiladagi besh farzandning biri boʻlgan. Oʻzining aytishicha, siyosiy qarashlari liberal, Jon Kennedi va Martin Lyuter Kinglarga izdosh. U oʻzining homilani sunʼiy ravishda oldirib tashlashgan qarshi qatʼiy mavqei bilan tanilgan. AQSh hukumatini abortlarni taʼqiqlash haqidagi qonunlarni kiritish huquqidan mahrum qilgan 1973 yilgi farmonni bekor qilish istagini bildirgan. Ayollar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari unga qarshi keng kampaniya boshlaganlar.

Davlat kotibi Reks Tilerson

Donald Tramp tomonidan "jahon miqyosidagi oʻyinchi" deya taʼriflangan Reks Tilerson jahondagi eng yiriklaridan koʻrilgan Exxon Mobil neft shirkatini boshqaradi. Uning 40 yillik ish faoliyatining hammasi Exxon da oʻtgan. 64 yoshli Tilerson shirkatga 2006 yili rahbar etib tayinlangan va kelgusi yili nafaqaga chiqmoqchi ekanligi aytilgandi. Oxirgi 10 yil mobaynida shirkat rahbari sifatida 240 million dollar ishlagan. Shuning uchun uning Davlat kotibi sifatida yiliga 203 mingga yaqin maoshi avvalgisidan ancha kamroq boʻlishi aytilmoqda. U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqalari bilan tanish. 2013 yili Kreml unga "Doʻstlik" ordeni tuhfa qilgan. Senatning ham Respublikachi va ham Demokrat aʼzolari uning Kreml bilan aloqalarini savol ostiga olishgan.

Mudofaa vaziri Jeyms Matis

Dengiz kuchlarining isteʼfodagi genralini Donald Tramp noyabr oyidagi uchrashuvidan soʻnggi tvitida "Generallarning generali", deya taʼriflagan. 44 yil Qurolli kuchlar safida xizmat qilgan Matis Iroq va Afgʻonistondagi amaliyotlardla ishtirok etgan. 2004 yildagi Faluja amaliyotlarida yetakchi rol oʻynagan. Oʻzining dangal izhorotlari bilan tanilgan. 2005 yili hijob kiymagan ayollarini urgan afgʻon erkaklarini otish "juda maroqli narsa", degan vaqti tanqidlar ostida qolgan.

Ichki ishlar vaziri Jon Kelli

U ham isteʼfodagi general.

18:30 Prezident Trampga ishonchsizlik bildirish kampaniyasi boshlandi

Janob Trampga ishonchsizlik bildirish uchun kampaniya olib boruvchi impeachdonaldtrumpnow.org vebsahifasi ishga tushdi.

Tashkilotchilar Donald Tramp prezidentlik vazifasiga ega boʻla turib, hashamatli mehmonxona va yana qator bizneslarga ega ekanligi manfaatlar toʻqnashuvini anglatishini aytmoqdalar.

Nyu Yorkdagi janob Trampga tegishli osmonoʻpar bino tashqarisida norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi.

18:24 Donald Trampning ilk qarorlari

Havo bazasiga tikucharda yetib kelgan Barak Obama xayrlashuv nutqini qilar ekan, prezident Tramp ilk qarorlarni imzolay boshlagan.

Ulardan baʼzilari Barak Obama davrida kiritilgan oʻzgartirishlarni bekor qilish haqidadir.

Image copyright Reuters

18:18 Norozilik chiqishlari

Vashington va yana qator shaharlarda Donald Trampning saylanishi va siyosatiga qarshi norozilik chiqishlari boʻlib oʻtdi.

Image copyright EPA

18:14 Tramp Obamaning suratini "oʻgʻirladimi"?

New York jurnali muharriri Kayl Bukanenning yozishicha, Donald Trampning yangi Twitter sahifasidagi surat Barak Obamaning 2009 yilgi qasamyod qilish marosimidan olinganga oʻxshaydi.

Baʼzilar bugungi marosimda odamlar anchayin siyrak boʻlganligini aytishmoqda.

Image copyright Social media

18:02 Prezident Trampning ilk twiti

Prezident Tramp yangi berilgan @POTUS Twitter idan emas shu vaqtgacha foydalanib kelgan eski @realDonaldTrump dan ilk tvitini joʻnatdi. Unda oʻz nutqidan iqtiboslar keltirilgan.

17:59 Barbara Plett, BBC muxbiri Twitterda

Barbara Plet, BBC muxbiri Twitterda: #Trump nutqi butun millatga emas, balki oʻz tarafdorlariga - "unutilgan odamlar"ga qaratilgandi.

BBC muxbiriga koʻra, #Trump nutqi toʻlaligicha populist va millatchilik ruhida boʻldi.

Image copyright Social media

17:46Prezident Trampni yaqinlari qutladilar

Image copyright EPA

17:43 Janob Obama rafiqasi bilan birga tikucharda joʻnab ketmoqda.

Tikucharda janob Obama va rafiqasi Endryus havo bazasiga uchib boradilar.

U yerdan uchoqda Kaliforniyaga dam olishga joʻnab ketadilar.

Image copyright AP

17:38 America's Got Talent qatnashchisi milliy madhiyani kuylamoqda

America's Got Talent koʻrik-tanlovi qatnashchisi Jaki Evanko milliy madhiyani kuylamoqda. Janob Obama qasamyod marosimida Beyonse milliy madhiyani ijro etgandi.

Matbuotdagi xabarlarga koʻra, qator taniqli aktyor va qoʻshiqchilar marosimlarda ishtirok etish taklifini rad etishgan. Ular orasida Elton Jon, Britaniyalik Sharlot Cherch va Di-jey Mobilar bor.

Jurnalistlar marosimlarda "A roʻyxatidagi sanʼatkorlar emas, B roʻyxatidagi sanʼatkorlar qatnashyapti", deya taʼriflamoqdalar.

Image copyright Getty Images

17:32 Irqchi KKK sobiq rahbari twiti

Oq tanlilar ustuvorligi targʻibotchi irqchi guruh KKK ning sobiq rahbari Devid Dyuk janob Trampning saylangani haqida "Biz maqsadga erishdik", deya tvit yozdi.

17:28 Donald Tramp oʻz nutqini tugatdi. Obama: "Barakalla"

"Mening soʻzlarimga quloq tuting. Sizni endi hech qachon nazardan qochirmaydilar

Birgalikda biz Amerikani yana bir bor buyuk davlat qilamiz.

Amerikani Xudo yorlaqasin", deya oʻz nutqini tugatdi Donald Tramp.

Janob Obama esa "Barakalla, barakalla", deya aytgani tasvirga tushgan.

17:20 Janob Tramp "Radikal islomiy terrorizm" haqida

"Radikal islomiy terrorizm"

"Biz taraqqiy topgan dunyoni radikal Islom terrorizmiga qarshi birlashtiramiz. Islomiy radikal terrorizmni yer yuzidan butunlay yoʻq qilamiz".

17:17 Prezident Trampning ilk soʻzlari

"Amerika yana zafarlar qucha boshlaydi"

"Men siz uchun jonim bilan, har bir nafasim bilan kurashaman. Hafsalaningizni hech qachon pir qilmayman. Amerika avvallari misli koʻrilmagan ravishda zafarlar quchadi".

17:16 Janob Tramp Prezident sifatida ilk nutqini boshladi

Image copyright EPA

17:12 Barak Obamani marosimdan olib ketish uchun tikuchar yetib keldi

Image copyright Social media

17:11 Prezident mashinasida davlat raqamini oʻzgartirish ham qudrat almashinuvi tarkibiy qismi

Image copyright Social media

17:07 Donald Tarmp qasam ichmoqda

AQSh Bosh hakami Jon Roberts Donald Trampning qasamyodini qabul qilyapti.

17:00 Prezidentlikni janob Tramp qanday nishonlaydi?

Ikki kun davom etishi aytilgan nishonlash marosimlariga janob Tramp qator sanʼatkorlarni daʼvat qilgan. Lekin matbuotdagi xabarlarga koʻra, qator taniqli aktyor va qoʻshiqchilar marosimlarda ishtirok etish taklifini rad etishgan. Ular orasida Elton Jon, Britaniyalik Sharlot Cherch va Di-jey Mobilar bor. America's Got Talent koʻrik-tanlovida 2- oʻrinni olgan 16 yoshli Jaki Evanko milliy madhiyani ijro etishi aytilgan. Jurnalistlar marosimlarda "A roʻyxatidagi sanʼatkorlar emas, B roʻyxatidagi sanʼatkorlar qatnashyapti", deya taʼriflamoqdalar.

Image copyright Getty Images

16:55 Bugun butun jahonning nazari Vashingtonga qaratilgan

AQShning 45-nchi Prezidenti Donald Trampning inaguratsiyasi, yaʼni qasamyodga keltirish marosimi boʻlib oʻtmoqda...

Marosim yangi prezident saylangan har 4 yilda, 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat kunduzi 12 da oʻtkaziladi. Dastlab ushbu marosim 4 mart kuni oʻtkazilardi. Lekin saylovlar bilan qasamyodga keltirish marosimi orasidagi muddat 1933 yili Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar bilan qisqartirilgan. Qudratning tinch yoʻlda qoʻldan qoʻlga oʻtishini anglatuvchi qasam ichish Kapitoliy binosining zinapoyasida amalga oshiriladi. Shundan soʻng Pensilvaniya koʻchasi boʻylab parad oʻtkaziladi va ketidan qator ziyofatlar bilan nishonlanadi. Marosimga Donald Tramp va uning rafiqasini Prezident Obama va rafiqasi hamrohlik qilib borishadi. Marosimda Kongress aʼzolari, siyosatchilar va tarafdorlar qatnashadilar. Noyabr oyidagi saylovlarda janob Trampga magʻlub boʻlgan Demokratlar partiyasidan Hilari Klinton va turmush oʻrtogʻi, sobiq prezident Bil Klintonlar ham hozir boʻladilar. Shuningdek, sobiq prezidentlar Jorj Bush va rafiqasi, Jim Karterlarning ishtiroklari tasdiqlangan. Marosimlarda ishtirok etish uchun Vashingtonga 800 mingdan 900 ming kishi kelishi rejalangan. Lekin ularning hammasi ham tarafdorlar emasligi aytilmoqda. Yaʼni, noroziliklar roʻy berishi ehtimoldan holi emas. 8 yil avval Barak Obama prezidentlikka qasamyod keltirgan vaqti marosimlarda 1.8 million kishi qatnashgandi. Vashington sayyohlik byurosidan Eliot Fergyusonga koʻra, shahar mehmonxonalariga kutilganidan kamroq buyurtmalar kelib tushgan. Baʼzi mehmonxonalar atigi 50 foizga toʻla. Lekin hashamatliroq mehmonxonalar anchayin gavjumlashgan. Kim kelmaydi Vakillar palatasidagi Demokratlar partiyasidan 50 aʼzo Donald Tramp va kongresmen, huquq faoli Jon Lyuis bilan oʻrtasidagi tortishuv tufayli marosimga kelmasliklarini bildirishgan. Baʼzi Kongress aʼzolari marosimning ertasi kuniga rejalangan norozilik namoyishida qatnashishlarini bildirganlar.

16:51

Image copyright AFP