Andijon yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Image copyright Ўзбекистон темир йўллари

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati Toshkent-Andijon-Toshkent yo'nalishi bo'yicha yo'lovchi poyezdi qatnovi to'xtatilgani haqida xabar bergan.

Mazkur qaror texnik ko'rik ishlarini o'tkazish bilan izohlangan.

"Hurmatli yo'lovchilar, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 23 yanvar kuni texnik ko'rik ishlarini o'tkazish sabablariga ko'ra, Toshkent-Andijon-Toshkent yo'nalishida qatnovchi 61/62, 60/59-sonli yo'lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to'xtatildi", deyiladi "O'zbekiston temir yo'llari" vebsahifasida berilgan xabarda.

Oldinroq vodiy yo'nalishi bo'yicha ketayotgan poyezd ag'darilgani borasida xabarlar tarqalgan.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati esa "turli xil asossiz xabarlarga e'tibor bermaslik"ka chaqirgan, ammo aynan qaysi xabarlar nazarda tutilayotganiga tushuntirish bermagan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.