Tramp ham devor quradi, ham musulmonlarni tekshiradi

Donald Tramp Image copyright AFP
Image caption Donald Tramp devor ham qurmoqchi, musulmonlarni ham qattiq tekshirmochi

Prezident Tramp AQSh xavfsizligini taʼminlash yoʻlida "muhim kun" boshlanayotgani haqida aytmoqda.

U imzo chekishi kutilayotgan hujjatlar ichida Meksika bilan chegara boʻylab devor qurish va bir nechta musulmon davlatidan kelayotganlarni "oʻta qattiq" tekshirishni qonuniylashtiruvchi qarorlar bor.

Tramp shu asno qochqinlar va muhojirlar yoʻlini toʻsmoqchi.

"Erta milliy xavfsizlik uchun muhim kun. Boshqa narsalar qatorida, devor ham quramiz!" - twit qilgan Donald Tramp.

Yangi prezident Meksika chegarasi boʻylab 3 ming kilometrdan uzun devor tiklamoqchi. Bu uning saylovoldi vaʼdalaridan biri edi.

Boshida hatto ayni devorning 8 milliard dollarlik xarajatini Meksikaga toʻlatmoqchi edi.

Devor qurish rejasidan gʻazabga tushgan Meksika esa bir tiyin ham toʻlamasligini aytgan.

Janubiy va Markaziy Amerika davlatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlar uchun maxsus shaharlar ham boʻladi va u yerda ular toki deportatsiya qilinguncha yashashadi.

Musulmonlar tekshiriladi

Prezident Trampning ikkinchi ziddiyatli rejasi - qator musulmon davlatlaridan kelayotganlar yoʻlini toʻsish va ularni "obdon chigʻiriqdan oʻtkazish".

Xususan, Afrika va Yaqin Sharqdagi yettita davlatdan keladigan muhojirlarga qarshi oʻta qattiq cheklov va tekshiruvlar kiritilishi kutilmoqda.

Qattiq tekshirish jarayonlari izga tushib ketmaguncha, baʼzi qochqinlarning AQShga kirishini ham toʻxtatib turmoqchi.

"Donald Tramp oʻzining eng sharmandali va odamni kamsituvchi vaʼdalarini sidqidildan amalga oshirmoqda" - dedi Eron-Amerika Milliy Kengashidan Trita Porsiy.

"Musulmonlar kelishini taqiqlaymiz degandi, mana bu yoʻlda ilk qadamlarni qoʻymoqda".

BBC Oʻzbek Xizmati xuddi ana shunday savol bilan Toshkentdan siyosiy tahlilchi Anvar Nazirovga murojaat qildi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq