Rossiya: Duma "kaltaklash" borasida oʻz soʻzini aytdi

Kaltaklash Image copyright PA

Oilada birinchi bor sodir etilgan kaltaklash holati ortiq jinoyat sifatida koʻrilmasligiga oid ziddiyatli qonun loyihasini koʻpchilik ovoz bilan maʼqulladi.

Rossiya Dumasi tomonidan yakuniy - uchinchi oʻqishda qabul qilingan yangi qonun loyihasi bu haqdagi bandning mamlakat Jinoyat Kodeksidan olib tashlanishini anglatadi.

Rossiyada amalda boʻlgan mavjud qonunchilikka muvofiq, oʻzgalar tomonidan sodir etilgan kaltaklash hollari maʼmuriy, yaqinlaringiz tarafidan amalga oshirilgani esa, jinoiy javobgarlikni koʻzda tutadi.

Xabarlarga koʻra, yakuniy oʻqishda bu qonun loyihasini yoqlab 380 deputat ovoz bergan boʻlishsa, unga qarshi boʻlganlarining soni bor-yoʻgʻi 3 nafar boʻlgan, xolos.

Ziddiyatli qonun loyihasining oʻzi esa, Dumaga oʻtgan yil kuzida ayol siyosatchi Olьga Batalina boshchiligida "Edinaya Rossiya" partiyasidan boʻlgan deputatlar va yana qator senatorlar tomonidan kiritilgan.

Uning ostiga yana bir ayol senator - Yelena Mizulina ham oʻz imzosini chekkani aytiladi.

Yangi qonun loyihasining maʼqullanishiga qarshi boʻlganlar esa, faqat kommunistlar boʻlib chiqishgan, xolos.

Kayfiyat

Rossiya Dumasidagi bu kabi kayfiyat, yaʼni aksariyat deputatlarining nega yoqlovchi mavqeʼda ekanliklari sabablari esa, hozircha noayon.

Xuddi shuning barobarida Rossiya aholisining soʻnggi yangilikka munosabati ham shu soatlarda imkonli emas.

Butunrossiya Omma Fikrini oʻrganish markazi tomonidan yaqinda olib borilgan soʻrov natijalariga tayanilsa, aksariyat rossiyaliklar jismoniy zoʻravonlikni qoralashadi.

Ammo birinchi bor qoʻl koʻtarilgan holatda koʻzda tutilgan jinoiy javobgarlikning yumshatilishiga tarafdorlik qilishadi...

Agar, soʻrov natijalariga tayanilsa, jazo maʼmuriysiga oʻzgartirilsin, degan mavqeʼda boʻlgan rossiyaliklarning soni qariyb 60 foizni tashkil etgan.

Lekin xuddi shu manzarada 70 foiz rossiyalik kaltaklash hollariga toqat qilmasliklarini bayon qilishgan.

20 foizga yaqini esa, ayol, bola yoki erga qarshi qoʻl koʻtarish mumkin, degan qarashni izhor etishgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring