Odam va cho‘chqa chatishtirildi

Чўчқа ва инсон чатишмасидан яралган ҳомила. Image copyright JUAN CARLOS IZPISUA BELMONTE
Image caption Чўчқа ва инсон чатишмасидан яралган ҳомила.

Kaliforniyada yaratilgan Ximera yo "cho'chqa-odam" homilasi, insondan ko'ra ko'proq cho'chqaga yaqi

Odam va cho'chqa homilasi haqidagi videolavhani Bi-bi-si O'zbek Xizmatining YouTube kanalida tomosha qiling.

Uning jismidagi inson to'qimasi bor-yo'g'i 0.001% xolos.

Hali to'rt haftalik bo'lgan homila to'liq tibbiy muvaffaqiyatni anglatmaydi.

Lekin tibbiy maqsadda inson a'zolarini hayvonlarda yetishtirish yo'lida qo'yilgan muhim qadam, deyilmoqda.

Hayvonlar ichida tanasi va uzvlari hajm hamda biologik jihatdan odamga yaqin bo'lgani uchun cho'chqa tanlangan.

Lekin urug'lantirilgan 2075ta homiladan faqat 186tasi yashab ketgan. Ya'ni embrionning yashab ketish darajasi juda past.

Ayrimlar buni axloqqa zid tajriba, deb atashadi.

Olimlarga ko'ra esa, donorlar yetishmayotgan paytda insonlar uchun zarur tana a'zolarini o'stirish juda muhim.

Shuningdek, "cho'chqa-odam" insoniyat yuz tutishi mumkin bo'lgan yangi kasalliklarni oldindan ilg'ash va bartaraf etishda ham qo'l kelishiga umid qilinayotir.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq