Oʻgʻirlangan oʻzbek uchun 19.500 yevro

Image copyright Amnesty International
Image caption "Mirsobir Hamidqoriyev Toshkentda Gulnora Karimovaning jazmaniga doʻst boʻlgan"

Yevropa Inson Huquqlari Mahkamasining 172 banddan iborat hukmi Oʻzbekiston fuqarosining Moskvadan oʻgʻirlanib, Toshkentga topshirilishini noqonuniy, deb topadi.

Mirsobir Hamidqoriyev 2014 yil yozida kechki payti shundoq koʻchadan gʻoyib boʻlgandi.

Guvohlarga koʻra, ikki nafar nomaʼlum shaxs uni mashinaga solib olib ketishgan.

Keyin Toshkentdan daragi chiqadi. Hozir u Oʻzbekistonda qamoqda qolayotgani aytiladi.

Yevropa Inson Huquqlari Mahkamasi hujjatida oʻzbekistonlik Hamidqoriyevning oʻgʻirlanishida Rossiya xavfsizlik kuchlari, yaʼni FSBning qoʻli borligi haqida ishga aloqador shaxslar va vakillarning koʻrsatmalari ham oʻrin olgan.

Gulnoraga ishora

"Arizachi (Mirsobir Hamidqoriyev - tahr.) Oʻzbekistonda yashagan payti Gulnora Karimovaning boyfrendi (nikohsiz jazmani - tahr.) bilan doʻst boʻlgan" - qabilida boshlanadi hukmdagi uning kimligi haqidagi qism.

Keyin goʻyo "Gulnora Karimova oʻz jazmanining doʻstlariga qarshi kirpichoq boʻlib qoladi va taʼqiblardan qochgan Mirsobir Hamidqoriyev 2010 yil dekabrida Rossiyaga keladi".

2011 yili esa Oʻzbekistondagi mahkama Hamidqoriyevni jihodiy guruh tuzishga oid ayblovlar bilan sirtdan hukm etib, uni xalqaro qidiruvga bergan.

Ayni qidiruv asosida Mirsobir Hamidqoriyev 2013 yili bir marta Rossiyada qoʻlga olingan va keyinroq ozod qilingandi.

U Oʻzbekistonga qaytarilsa, qiynoqqa tutilishi muqarrarligini aytib, Rossiyada qochqinlik maqomini soʻragan, biroq jarayon muvaffaqiyatsiz tugagan.

Hozir Mirsobir Hamidqoriyev Oʻzbekistonda qamoqda qolayotgani bois Rossiya tarafi toʻlanajak jarimani uning qonuniy vakillari qoʻriqlaydigan maxsus jamgʻarma hisobiga tushiradi va pul qonuniy egasiga yetib borguncha oʻsha yerda saqlanishi bildirilmoqda.

Soʻnggi yillari Rossiyada bir necha bor oʻzbekistonlik fuqarolar Toshkentning talabi bilan qoʻlga olingan.

Huquq faollariga koʻra, baʼzan ular yashirincha va qonunga zid tarzda oʻgʻirlab ketilgan holatlar bor.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comга тўсиқ бўлса, uzbekweb.netга киринг

Bu mavzuda batafsilroq