Kanadadagi masjid hujumida 6 kishi oʻldi

Kanadaning Kvebek shahridagi masjidda yuz bergan otishmada olti kishi halok boʻlgan va sakkiz nafari jarohatlangan.
Politsiyaga koʻra, yakshanba oqshomida 50dan oshiq namozxonlar Kvebek Islomiy madaniy markaziga yigʻilganlarida oʻt ochilgan.
Bir gumondor hujum joyida, yana biri esa yaqin orada hibsga olinganlar.
Kanada hukumati otishmani terror hujumi deya tasvirladi.
"Biz ibodat va boshpana markazida musulmonlarga qarshi qilingan bu terror hujumini qoralaymiz", - dedi Bosh vazir Jastin Trudo oʻz bayonotida.
"Musulmon kanadaliklar millatimizning muhim qismidir va bunday mazmunsiz hujumlarga bizning jamiyatimiz, shaharlarimiz va mamlakatimizda joy yoʻq", - deya munosabat bildirdi Kvebek birinchi vaziri Filip Kuilar.
Halok boʻlganlar 35 va 70 yoshlar orasida ekanlari ishoniladi.
Politsiya voiziga koʻra, baʼzi jarohat olganlarning ahvoli ogʻir.
Oʻtgan yil iyunida ayni masjid oldiga choʻchqaning boshi "Yoqimli ishtaha" degan yozuv bilan tashlab ketilgandi.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - uzbekbbclondon
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring