Trampning musulmon cheklovi kuchda qolmoqda

Tramning farmoni keng qoralanmoqda Image copyright PETER DASILVA/EPA
Image caption Tramning farmoni keng qoralanmoqda

Tramp maʼmuriyati, ommaviy noroziliklar va sud hukmlariga qaramay, oʻzining yetti mamlakatdan immigratsiyani toʻxtatish qarorida qatʼiy qolyapt

Prezident Trampning oʻzi bayonot chiqarib mazkur cheklov musulmonlarga qaratilganini rad etdi va "eng xavfsiz siyosatlar" qabul qilinganidan keyin vizalar berilishi qayta boshlanishini aytdi.

Tramning farmoni keng qoralanmoqda.

16ta shtatning bosh prokurorlari mazkur farmon konstitutsiyaga xilof ekanini aytishdi. Bir necha federal hakamlar vizasi bor odamlarning deportatsiyasini vaqtincha toʻxtatishdi.

Tramp juma kuni imzolagan farmonga binoan, AQShning qochqinlarni qabul qilish dasturi 120 kunga butkul toʻxtatildi, suriyalik qochqinlar oqimi nomaʼlum muddatga toʻxtatildi, hamda aksar aholisi musulmon boʻlgan yetti mamlakat fuqarolarining AQShga kirishini man qildi.

Yetti mamlakat sirasiga Eron, Iroq, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman kiradi.

Farmon imzolanganida samolyotda boʻlgan kishilar vizalari boʻlishiga qaramay AQSh aeroportlariga qoʻnganlarida qoʻlga olinganlar.

Xorij aeroportlarida AQShga uchishga shaylangan qancha odamlar qaytarib yuborilgani nomaʼlum.

Shanba kuni AQShning bir necha aeroportlarida minglab odamlar norozilik namoyishiga yigʻilishdi. Ular orasida oʻz xizmatlarini bepul taklif qilgan yuristlar ham bor edi.

Yakshanba kuni ham bir necha shaharlarda, xususan OQ uy va Nyu-Yorkdagi Tramp Tauer tashqarisida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Trudo oʻz mamlakati "bosim, terror va urushdan qochib kelayotganlar"ni xush qarshi olishini aytdi.

Eron va Iroq AQSh fuqarolarini oʻz mamlakatlariga kiritmaslik bilan tahdid qilishdi. AQSh armiyasi Mosulda Islomiy Davlat jangarilariga qarshi kurashda ishtirok etmoqda.

Germaniya Kantsleri Angela Merkel terrorga qarshi hech qanday kurash muayyan eʼtiqodga ega boʻlgan butun boshli xalqlarni gumon ostiga qoʻyishga asos boʻla olmasligini aytdi.

Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey esa avvaliga Tramp farmonini qoralashdan bosh tortdi, biroz oʻtgach uning idorasi Tereza Mey mazkur cheklovlarga qoʻshilmasligini aytib bayonot chiqardi.

Ayni damda Britaniyada Tramning rasmiy safariga qarshi petitsiyaga 1 million odam imzo chekkan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring