Trampning Britaniya safari cheklovi parlamentga oshirildi

Bosh vazir Tereza Mey Trampning Britaniyaga safari haqida Vashingtonga safari chogʻida gapirgan Image copyright PA
Image caption Bosh vazir Tereza Mey Trampning Britaniyaga safari haqida Vashingtonga safari chogʻida gapirgan

Prezident Trampning Buyuk Britaniyaga davlat safari bilan kelishiga qarshi boshlangan petitsiyaga shu paytgacha bir milliondan oshiq odam imzo chekkan.

Petitsiya Britaniya parlamenti aʼzolari oʻrtasida seshanba kuni muhokama etilishi kutiladi.

Trampning musulmon davlatlaridan muhojirlarni AQShga kiritmaslik toʻgʻrisidagi farmoni tufayli petitsiyaga imzo chekkanlar soni keskin oshdi.

Petitsiyada quyidagi talab ilgari surilgan:

"Donald Trampga AQSh hukumati rahbari sifatida Britaniyaga kirish ruxsat berilishi kerak, ammo u Davlat safari uchun taklif etilmasligi kerak, chunki bu Qirolicha hazrati oliyalarini uyatga qoʻyadi".

Davlat safari Qirolicha taklifnomasi asosida amalga oshiriladi va davlat rahbarlarining oddiy safarlaridan farq qiladi. Qirolicha yiliga odatda bir yo ikki davlat rahbarini qabul qiladi.

Bosh vazir Tereza Mey Trampning Britaniyaga safari haqida Vashingtonga safari chogʻida gapirgan. Uning idorasi chiqargan bayonotga koʻra, Mey xonim Trampning farmoniga qoʻshilmaydi, ammo AQSh bialn hamkorlik qilishni muhim deb biladi.

Muxolif Leyboristlar partiyasi rahbari Jeremi Korbin bosh vazirdan mazkur safarni kechiktirishni soʻragan.

Petitsiyaning tashabbuskori Lids shahrida yashovchi yurist Greyyem Gest mazkur amali bilan Trampni "diqqat markazi"ga qoʻyishni istaganini aytdi.

"Davlat safari Trampga oʻz prezidentligini yanada qonuniylashtirishga yordam beradi, va u Qirolicha bilan tushgan suratlaridan qayta saylanish yoʻlida foydalanadi", - dedi u.

Bukingem saroyi mazkur mojaro boʻyicha sharh berishdan bosh tortdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring