Bagʻdod devorida rasmlar

Devordagi rasm

Ali Abdurahmon oliygohdagi oʻqishini bitirar ekan, Bagʻdoddagi oʻzi yashaydigan mavzeni koʻrkamlashtirish istagi paydo boʻldi.

Dastlab 100 ga yaqin talaba bilan oʻzlari yashaydigan talabalar shaharchasi devorlarini grafitti bilan "bezab" chiqishdi.

Kulrang beton devorlardagi oʻzgarishni koʻrib, shaharning asosiy koʻchalari boʻylab devorlarga ham rasm chizishni boshlashdi.

Mamlakatda kechgan urush va davom etayotgan portlashlar Bagʻdod siymosini mutlaqo oʻzgartirib yuborgandi. Hukumat xavfsizlik choralarini koʻra boshladi va shahar bir-biridan devorlar bilan ajratilgan mavzelar majmuasiga aylanib qoldi.

Bir vaqtlar hayot joʻshgan va meʼmoriy jihatdan goʻzal boʻlgan shahar oʻz jozibasini yoʻqotdi.

Turli raqib guruhlar devorlardan mazhabiy va siyosiy shiorlarni targʻib qilish yoʻlida ham foydalana boshladilar.

Tashlab ketilgan axlat-chiqindilar esa chor atrofga badboʻy hid tarqatib, manzarani yanada yomonlashtirardi.

Oʻzlarini "Umid siymosi", deya atagan talabalar guruhi bu vaziyatni oʻzgartira boshladi.

Hozirda ushbu guruhda talabalar doxil 370 kishi bor.

Shahardagi devorlardan tashqari havaskor rassomlar hozirda yetimxona, bolalar bogʻchasi va shifoxonalrni ham "bezamoqdalar".

Alining aytishicha, ularning rasmlari tinchlikni targʻib etuvchi va zoʻravonlikni qoralovchi mujda beradi. Shuningdek, suv va energiyani tejamkorlik bilan sarflash, jamoa ishlari haqida ogohlikni ham oshiradi.

Hozirda guruhning hech qanday moliyaviy homiylari yoʻq. Har bir aʼzo oyiga 12 dollar atrofida badal toʻlab, shu mablagʻga boʻyoq va moʻyqalamlar sotib olishadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring