Ukraina sharqidagi jangda 10 odam oʻlgan

Tasdiqlanmagan xabarlarga koʻra, ikki oddiy fuqaro ham janglarda halok boʻlganlar Image copyright EVN
Image caption Tasdiqlanmagan xabarlarga koʻra, ikki oddiy fuqaro ham janglarda halok boʻlganlar

Ukraina sharqida oxirgi haftalarda eng qaqshatqich deb koʻrilayotgan janglarda 10dan oshiq odam halok boʻldi.

Front chizigʻidagi Avdeyevka shahrida Ukraina armiyasi va rossiyaparast isyonchilar toʻqnashishi oqibatida yetti ukrain askari oʻlgan.

Oʻtgan oy ikki tomon oʻrtasida janglarni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish harakati boʻlgandi.

Isyonchilarning Grek laqabli qoʻmondoni va yana ikki isyonchi jangchi ham bugungi jangda nobud boʻlishgan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga koʻra, ikki oddiy fuqaro ham janglarda halok boʻlganlar.

Mahalliy manbalar isyonchilar nazoratidagi Makeyevka shahrida bir ayol oʻlganini aytishmoqda.

2014 yilda Rossiyaning Qrimni qoʻshib olishi va rossiyaparast isyonchilarning jangi avj olganidan beri 9700dan oshiq odam nobud boʻlgan.

2015 yil fevralida otashkesimga erishilgandi, ammo u bir necha bor buzilgan. Oxirgi tinchlik kelishuviga 23 dekabrda erishilgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring