Bojxona ittifoqi nosvoyni taqiqladi

Nosvoy chekilmaydigan tamaki turi boʻlib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan
Image caption Nosvoy chekilmaydigan tamaki turi boʻlib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan

Bojxona Ittifoqiga aʼzo davlatlar - Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya nosvoyni mamlakatga olib kirish, ishlab chiqarish va saqlashni man qilishdi.

Oʻzbekistondagi nashrlar xabar qilishicha, bu haqida mamlakat bojxona qoʻmitasi xorijga chiqayotgan fuqarolarni ogohlantirdi.

Nosvoyni bu mamlakatlarga olib chiqish, u yerda sotish, ishlab chiqarish yoki saqlashga uringan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari aytiladi.

Nosvoy chekilmaydigan tamaki turi boʻlib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan.

U aksar Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻylab erkin sotiladi, ammo faqat Turkmanistonda 2008 yilda man etilgan.

Oxirgi yillarda uning Rossiya yoshlari orasida qoʻllanilishi avj olgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring