Mirziyoyev: "Ey, uygʻoninglar, shuncha imkoniyat berildi..."

"Ey, uygʻoninglar..." Image copyright Internet
Image caption "Ey, uygʻoninglar..."

Oʻzbekiston prezidentining bu chaqirigʻiga BBCning zukko oʻquvchilaridan dangal javob bera qoldi.

Bahodir Ibragimov: Gaz bilan svetni bersin keyin uygʻonamiz...

Ana shunaqa! Istihola qilib oʻtirmasdan xalqning dardini aytdi, tamom.

Bundan rosa 37 yil avval Shoʻrolar zamonida Muhammad Solih yozgan sheʼr keyinroq uning taqdirida akslangan boʻlsa, bugun qaysidir maʼnoda yana kun tartibiga chiqdi.

Soʻzlarni yaratib,

Ularga buysunamiz bir kuni.

Har kimning boʻynida osilib turar

Maʼlum harflardan tashkillangan coʻz.

Deylik "Ahmad!"desa uygʻonmayman men,

Uygʻonmayman "Toshmat" deb baqirsalar ham -

Ismimni bilmasa momaqaldiroq

Uygʻota olmaydi meni hech qachon!.

Oʻylab koʻring endi, qanchalar qiyin

Butun xalqni uygʻotmoqchi boʻlgan dahoga.

(1980)

Ehtimol, Mirziyoyev bilmagan va yoki ochiq aytishdan istihola qilgan haqiqatni aksariyat oʻzbekistonliklar baralla ayta boshlagandir.

Hatto ayrim mustaqil mahalliy matbuotda ham…

Xullas, "uygʻonishimizni istaysizmi, svet bilan gazni bering, keyin..."

Mirziyoyevga qiyin. Chunki u tepadagi sheʼrda aytilgan "daho" boʻlmoqchi, xalqni, yaʼni mulozimlarni uygʻotmoqchi.

Ammo xalqni va yo vaziru raislarni majoziy maʼnoda oʻz nomi bilan chaqirmasangiz va chaqiriqqa yarasha qadam qoʻymasangiz, Uygʻonishni kutishdan maʼni yoʻq.

Uygʻonmaydi.

"Svet bilan gaz" berish uchun esa hatto eng yaqin mulozimlarni ham eng katta tayoq olib quvlash kerak boʻladi.

Ularni "oʻz nomi"bilan atash talab qilinadi.

Mirziyoyev majlisda "Oʻrtoq", "Janob", "Vazir" va yo "Rais" degani bilan ular uygʻonmaydi.

Mirziyoyev "men senlarni bilaman nima qilganingni" qabilida chala, ammo "oʻz nomi bilan" atashga yaqinroq daʼvo qildimi, qolgani ham aytilishi kerak.

Masalan, biror mulozimni, ayniqsa "avval nima qilib yurganini biladigan boʻlsangiz" va uni uygʻotmoqchi boʻlsangiz, ochiq "nomini aytib" chaqirish kerak.

"Ey, poraxoʻr, tur oʻrningdan!.." deyilsa, u rostakamiga uygʻonadi.

Albatta, "poraxoʻr" mulozimni uning poraxoʻrligini bilganingiz uchun oʻrnidan turdirib qoʻydingizmi, endi ikkinchi qadamni ham olish kerak. Ishini mahkama oshirasiz.

Faqat shundagina boshqalar ham uygʻonadi... Boʻlmasa... "Svet bilan gazni bermasangiz..."

Xullas, BBC Oʻzbek xizmati Soʻz Sizga ruknida Mirziyeyovning soʻnggi chiqishlaridan iqtibos keltirgan va savollarini bergan edi...

"Har kuni televizordan Koreya va Hindiston kinolarini koʻrsatavermasdan, mana shu masalalarni aytish kerak: ey, uygʻoninglar, shuncha imkoniyat berildi, amalga oshiringlar!"

Shavkat Mirziyoyevning bu chaqirigʻi haqida qanday fikrdasiz?

Uxlab yotganlarlar kim?

Kimni uygʻotish kerak Oʻzbekistonda?

Sizga qanday imkoniyat berildi? Bu imkoniyatdan foydalanib, nimalarni amalga oshirmoqchisiz?

"25 yil Axborotdan Axborotgacha"

BBCUZBEK Facebook

Aziz Mirzakulov: 25 yil Axborotdan Axborotgacha, shu alfozda foliyat kilganidan keyin, urganib kolishgan de janob prezident, uzlariga kelishi uchun ularni xam bir siltab olishingiz kerak balki.

Sunnatulla Pulatov: Bekorchi gaplar bular, seriallarni xar kuni kursatib yetibdiku ? Bitta serial tugasa ikkinchisi boshlanvotti...

Zebiniso Shadiyeva: Boshka nimani kursatsin. Opa singilarnimi. Tarbiya axlok odob xakida uzbek film yaratsa bular edi.

Farhod Asliy: Aytib oʻtirmasdan yigʻishtirib qoʻya qolmaydimi? Bu nodon Sh.M. ustoziga oʻxshab gapni quruq olib qochadi.

Hadicha Şakir: Oʻzbekiston televideniyesi insonlarning maʼnaviyatini yuksaltirish uchun xizmat qilishi kerak. Bu seriallar esa bundan xizmatni bajara olmaydi. Televideniye rahbarlari esa oʻz faoliyatlarini bugungi oʻzgarishlarni, yangiliklarni koʻrib, kuzatgan holda yoʻlga qoʻyib borishi kerakmidi balki...oʻsha eski hammom, eski tos, eski togʻoraligicha qolmasdan...Namoyish etilayotgan seriallar bugun xalqning koʻnglini behuzur qilayotgan ekan, chorasini topishi kerak...

"Boshliqlarni uygʻotish kerak"

Aslan Akbey: Haqiqatdan ham uygʻonadigan davrlar keldi...

Choʻntak Partiyalar Kerakmas: Tsenzura Mirziyeyovning qoʻlidamasligi...bu Karimovcha masxarabozlik.

Shokirjon Sharifjon: Uxlagan Inson tush kuradi. Uygok Inson xakikiy xayetni kuradi...

Feruza Negmatova: Boshliqlarni uygʻotish kerak…

BBCUZBEK Odnoklassniki

"Serial koʻrishga svet yoʻq-ku!"

Nozima Begimqulova: Svet yuk-ku, nimani kuramiz tegmaslik kerak shirin uxlayapti, ish yuk pul yuk boshka nima xam kilardi sabrli bulish kerak... vakti kelib uygonar...

Jakhangir Juraev (Dangerous): Uzbek xalki azaldan noshukr bulgan. Biror kun noshukrlik kayerdandir upirib chikib ketadi. Tinchligimni boriga shukr kilaman. Kolgani asta-asta. Shu kungacha ye'rug yuz bilan Uzbekiston uz kuchi bilan yyetib keldi. Kolgani yendi davom yetadi, yetaveradi.

sherxan saidov: Xudo xoxlasa, xammasi yaxshi bulib ketadi, Uzbekiston endi xakikiy odamga uchradi

muxtorali matgoziyev: Qanday imkoniyat berildi? - avvallari murojatlar tumanda bosti-bosti boʻlib ketar edi, endi unday boʻlmayapti. Masalan, meni murojaatim tumandan viloyatga, viloyatdan respublika darajasiga chiqdi va tez kunlarda ijobiy javobga umidvor boʻlib turibman. Tuman xokimini qabuliga kirish oson boʻlmagan. Xozir bir necha bor viloyat xokimini qabuliga kira olishayotgan fuqarolarni uchratmoqdaman va bu xam juda katta ijobiy xolatdir.Shavkat Miromonovichning eng katta yutugʻi -xalq bilan muloqatni tiklashi va xalq bilan kelishgan xolda islohatlarni amalga oshirmoqchi boʻlishligidir. E.Voxidov aytganidek - Xalq - donodir, eng asosiysi Xalq - odildir deb bildirgan fikrlariga ortiqcha soʻz kerak emas.

Baxrom Zakirov: Toshkentda viloyatdan kelib ishga kirib bez prapiska ishlab yurgan yigitlarni ishdan boshatib yuborishvoti. Nima farki bor prapiskani enn ochib padaxot tolab ishlayverisin abizatelьna propiska bolishi shartmi ular yaxshi kunidan oilasidan uzok poytaxtga kelib ishlab yurishgani yok-ku ular xam Uzbekiston fukorosiku mana nimani xalk kilish kerak nakt pul yoʻk xamayek plastik kani pul yoʻk pulga ishlisan mana gap kata mana prablema buni xali xech kachon xechkim gapirib xal kilib berarmikan...

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring