"Ikki qulogʻimni kesib tashladi"

Zarina
Image caption Zarina hozirda shifoxonada

Afgʻonistonning Balx viloyatidan boʻlgan ayolning BBC bilan suhbatda aytishicha, turmush oʻrtogʻi qoʻllarini bogʻlab, ikki qulogʻini kesib tashlagan.

23 yoshli Zarina hozirda kasalxonada.

"Biron gunoh qilmagan boʻlsam, nega bunday qildi", deya ramziy savol bilan atrofga alanglaydi u.

Politsiyaga koʻra, uning eri hozirda qochib yuribdi.

Image caption Zarina oilasida qolishni istamaydi

Zarinaning aytishicha, erining zoʻravonligi toʻsatdan boshlangan. Yarim kechasi uni behosdan uygʻotib, shu qilmishga qoʻl urgan.

Zarina 13 yoshida turmush qurgan, lekin hozirda aytishicha endilikda oilasida qolish istagi yoʻq.

"Hamma narsadan shubha qilaveradi. Ota-onamni ham borib, koʻrgani qoʻymasdi".

Zarina hodisasi Afgʻonistonda turmush oʻrtoqlari qoʻlida bu kabi azobga uchrayotgan ayollar holatlaridan navbatdagisi.

Oʻtgan yili Faryob viloyatining Gʻoʻrmoch tumanida Rizogulning eri burnini kesib tashlagandi.

Image copyright AFP
Image caption Burni kesilgan Rizogul

Undan avvalgi yili zinoda ayblangan ayol Gʻoʻr viloyatida toshboʻron qilib oʻldirilgan, huddi shu yili mart oyida Kobulda Qurʼoni Karimni oyoq osti qilishda ayblangan Farxunda ismli yosh ayol olomon tomonidan oʻldirilib, jasadi yoqib yuborilgandi.

Afgʻon hukumati ayollarni maishiy zoʻravonlikdan himoya qilish choralarini amalga oshirayotganligini aytib keladi.

Lekin sobiq prezident Homid Karzay parlamentning ikkala palatasi tomonidan maʼqullangan maishiy zoʻravonlikni jinoiy amalga tenglashtiruvchi qonuni imzolash imkonini topmagan yo-da istmagan.

Joriy prezident Ashraf Gʻani ham ayollar va bolalarni maishiy zoʻravonlikdan himoya qilishni koʻzda tutuvchi oʻtgan yil oxirida parlament tomonidan maʼqullangan qonun loyihasini hozircha imzolagani yoʻq.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring