"Madaniyati va sanʼati bir xalqni ajratib boʻlmaydi..."

"Madaniyati va sanʼati bir xalqni ajratib boʻlmaydi..." Image copyright BBCuzbek
Image caption "Madaniyati va sanʼati bir xalqni ajratib boʻlmaydi..."

Prezident Karimov oʻlimidan keyin Oʻzbekiston mintaqa davlatlari bilan nisbatan ochiq siyosat yuritishni boshladi.

Qoʻshni davlat Tojikiston bilan yigirma yildan ortiq davom etgan sovuq va ayrim holatlarda dushmanona munosabatlar misli koʻrilmagan tarzda ilib bormoqda.

Toshkent va Dushanbe oʻrtasida 1992 yildan beri toʻxtab qolgan uchoqlar parvozi 10 fevralda yana qayta yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.

Ikki oʻrtada iqtisodiy aloqalar va hamkorlikka doir bir necha shartnomalar imzolandi.

Madaniy aloqalar ahvoli

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi rasmiy madaniy aloqalar ham uzilib qolgan edi.

Ammo ikki xalq orasida sanʼat sohasida hech qachon uzilish boʻlgani yoʻq.

"Faqat avvalgiday bordi-keldi qilmay qoʻydik", deydi Tojikistonda xizmat artist Ahmadjon Ochilboyev.

Ahmadjon Ochilboyev BBC Oʻzbek xizmati bilan oʻtgan yil yozida suhbatlashgan va unda hali ikki davlat oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishiga doir ishoralar umuman yoʻq edi.

"Biz doim umid bilan yashaymiz...Tojigu oʻzbek xalqini birlashtirmaydigan milliy anʼanani topish mumkin emas. Bir kun kelib yana bordi-keldilar qaytalanishiga umid qilaman", degan edi tojikistonlik sanʼatkor.

Ahmadjon Ochilboyev bilan suhbat va uning ijrosidagi qoʻshiqni tinglash uchun BBCUZBEK YouTube kanaliga boqing.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring