Интернетдан "таралаётган" ўлим
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Internetdan "taralayotgan" oʻlim

Qirgʻiziston rasmiylari Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "oʻlim guruhlari" tufayli oʻsmirlarning oʻz jonlariga qasd qilish holatlaridan xavotir bildirmoqdalar.

Bishkek shahrida bir oʻsmirning oʻz joniga qasd qilganligi hodisasi keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Shahar maktablaridan birining 8-sinf oʻquvchisi oʻzini 4-qavatdagi uyidan pastga tashlagan.

Baʼzi taxminlarga koʻra, bu amalga uni Internetdagi "Koʻk kit" nomli oʻyin shartlari yetaklagan.

Oʻyin "Instagram" tarmogʻi orqali targʻib qilinayotgani va asosiy maqsad yoshlarning oʻz joniga qasd qilishlariga undash ekanligidan xavotirlar bor.

Rasmiylarga koʻra, bu kabi oʻyinlar dastlab Rossiyada paydo boʻlib, keyinchalik boshqa hudularga tarqalmoqda.

2016 yil noyabrida Ijtimoiy tarmoqlarda "oʻlim guruhi" deya yuritiluvchi bu kabi guruhlardan biri administartori hibsga olingandi.

Lekin bu kabi guruhlar hanuz koʻplab mintaqalarda oʻz faoloiyatlarini davom ettirmoqda ekanlar.

Rasmiylar oʻz joniga qasd qilishga undovchi va targʻib qiluvchi bu kabi guruhlar taʼsiridan ogoh boʻlishga daʼvat qilmoqdalar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring