Majburiy bolalar mehnati tugatildi. Lekin...

Daladagi bolalar Image copyright Eurasia.net

Ikki nufuzli xalqaro tashkilot Oʻzbekistonda bolalar majburiy mehnati asta-sekin tugatilgani va bu amal endilikda jamiyat tomonidan qabul qilinmas holatga aylgani haqida bayonot chiqarishgan.

Jahon Banki va Xalqaro Mehnat Tashkilotining deyarli bir maʼnodagi bayonotlarida aytilishicha, Oʻzbekiston hukumati paxta yigʻim-terimi sohasini islohatlashtirish yoʻlida ilgari siljishlarga erishgan.

Aytilishicha, bu kabi xulosaga Xalqaro Mehnat Tashkiloti 2016 yilgi paxta mavsumini kuzatish natijalari asosida kelgan.

"Bolalar mehnatining qabul qilinmas holat ekanligi hozirda rasmiylar, oʻqituvchilar, mutaxassilar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning oʻzlari tomonidan tan olingan. Oʻzbekistonda tashkillashtirilgan bolalar mehnatini tugatilgan", deyiladi XMT bayonotida.

2016 yili paxta yigʻim-terim mavsumida Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari vaziyatni nazorat qilib, ayniqsa Jahon Banki tomonidan qoʻllangan agrosanoat, suv va taʼlim loyihalarida bolalar mehnatidan foydalanishning "bironta holati yuz bermagan"ligini hisobot berishgan.

BBC bilan suhbatda mamlakatdagi bolalar majburiy mehnati vaziyatini bir necha yildan beri mufassal oʻrganib kelayotgan huquq faoli Yelena Urlayevaning aytishicha ham mamlakatda avval boʻlganidek yosh bolalar va maktab oʻquvchilarini yoppasiga paxta dalalariga safarbar etilishi nihoya topgan.

Lekin oʻtgan yili kuzida Buxoro viloyatiga qilgan monitoring safarlaridan birida mahalliy hokim tashabbusi bilan bir yerda bolalar dalaga chiqarilgani holatini kuzatgan.

"Lekin bu mahalliy hokimning qarori boʻlib, ilgari boʻlganidek markazdan tushirilgan buyruq asosida roʻy bermagandi", deya izoh berdi Yelena Urlayeva.

Image copyright Eurasia.net

Xalqaro Mehnat Tashkilotining bildirishicha, bolalar mehnatiga chek qoʻyilgan boʻlsa ham oliygohlar talbalari va davlat xizmatchilarining majburiy ravishda paxta terimiga jalb etilishi holatlari hanuz saqlanib qolgan va majburiy mehnatning bu turini ham bararaf etish uchun yana qoʻshimcha harakatlar talab qilinadi.

Tashkilot ayniqsa, 16-17 yoshlilarni majburiy mehnatga jalb etish xavfidan ogohlantirgan.

Huquq faoli Yelena Urlayevaning aytishicha, Oʻzbekistonda paxta dalalarini turli mahalliy rasmiylar "qaramogʻiga" taqsimlash berish praktikasi mavjud.

"Masalan bir dalani mahalliy prokuror "zimmasiga yuklaydilar". U bu dalaga terimchilarni tashkillashtirish va koʻzda tutilgan rejaga muvofiq miqdorda paxta topshirilishi uchun masʼul boʻladi. Bu kabi mahalliy rasmiylar esa maktab oʻqituvchisini paxtaga jalb etayotgandek boʻlib koʻrinmaslik uchun oʻqituvchilarni farrosh yoki shunga oʻxshash kasbdagi inson sifatida qayd qilib, dalaga olib chiqmoqdalar", deydi Yelena Urlayeva.

Unga koʻra, oxirgi yillarda bolalar mehnatida foydalanishga chek qoʻyila boshlaganidan beri davlat xizmatchilari, oʻqituvchi va shifokorlarning terimga olib chiqilishi miqyoslari kengaygan.

Faol shuningdek, paxta terish asosiy kasbi boʻlmaganlar uchun bu kabi mehnat anchayin ogʻir ekanligi, ayniqsa ularga qoʻyilgan kundalki normani bajarish mushkul vazifa ekanligini bildirdi.

"Normani bajarish uchun oʻz sogʻliqlarini yoʻqotayotganlar, hatto noxush hodisalar roʻy berib, olamdan koʻz yumish holatlari haqidagi xabarlarni biz oʻrganib, tekshirishga harakat qilmoqdamiz", dedi u.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring