Luvr muzeyida otishma

Luvr Image copyright Reuters

Fransa politsiyasiga koʻra, Parijdagi mashhur Luvr muzeyida qoʻriqchilik qilayotgan askar "Ollohu Akbar" deya pichoq bilan hujum qilmoqchi boʻlgan shaxsga qarata oʻq otgan.

Muzeyning savdo boʻlimiga zoʻrlik bilan kirib bormoqchi boʻlgan shaxs qornidan oʻq yeb, ogʻir jarohatlangan.

Askar boshidan yengil jarohat olgan.

Hodisa ertalab soat 10 da muzeyning koʻrgazmalar zallariga olib boruvchi zinapoya ostonasida roʻy bergan.

Aytilishicha, muzeyni qoʻriqlab turgan toʻrt askar ular tomon otilgan hujumchini qaytarmoqchi boʻlishgan.

Hujumchini nazorat ostiga olish imkonsiz ekanligi ayon boʻlgacha, oʻq otilgan.

Hujumchiga tegishli ikki ryukzak tekshirilgan, ammo portlovchi moddalar topilmagan. Yana bir shaxs qoʻlga olingan.

Yoshi 30larda deyilayotgan hujumchining shaxsi haqida hozircha hech narsa maʼlum emas.

Muzeydagi yuzlab tomoshabinlar hujum vaqtida yerga yotishga buyruq berilgan, keyinchalik ular evakuatsiya qilingan.

2015 yili noyabr oyida IShID tomonidan uyushtirilgan, deya aytilgan hujumda 130 kishi halok boʻlganidan beri Fransada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Oʻtgan yil yozida esa Nitstsa shahridaga ommaviy bayram vaqtida yuk mashinasining olomon ustiga haydab borilishi oqibatida 84 kishi halok boʻlgandi.

Xavfsizlik xavotirlari tufayli Luvr muzeyiga tomoshabinlarning kelishi oxirgi yillarda kamaygani aytiladi. 2015 yili Luvr jahonda eng koʻp tomoshabin kiradigan muzey, deya eʼlon qilingandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring