Eronga qarshi yangi jazo choralari

Ballistik raketa Image copyright AP

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, Eronga nisbatan yangi jazo choralari kiritiladi.

Bu Eron tomonidan yaqinda amalga oshirilgan ballistik raketa sinoviga javoban amal, deya aytilmoqda.

AQSh Moliya vazirligi eronlik 13 shaxs va qator shirkatlarga nisbatan choralar koʻrilishini bildirgan.

Avvalroq janob Tramp Tweeter da "Eron olov bilan oʻynashyapti. Obama ularga nisbatan ne qadar yumshoqkoʻngil boʻlgani qadriga yetmadilar. Men bunday boʻlmayman", deya xabar yozgandi.

Lekin Eron rasmiylari, "qandaydir tajibasiz bir odamdan kelayotgan turli asossiz poʻpisalarga berilmasliklari" haqida aytgandilar.

Hozirda jazo choralari qoʻllanajak shirkatlarning baʼzilar Birlashgan Arab Amirliklari, Livan va Xitoyda joylashgan deyilmoqda.

Avvalroq prezident Tramp Eronga qarshi choralarda "hech narsa ehtimoldan qochirilmaydi", deya aytgandi.

Bunga javoban Eron Tashqi Ishlar vaziri Javod Zarif Tweeter da "AQShning poʻpisalaridan qoʻrqmaymiz" deb yozgan.

Bunga ilova janob Zarif Eron hech bir mamlakatga nisbatan qurol-yarogʻ ishlatish istagi yoʻqligi, qurollar faqatgina oʻz-oʻzini himoya qilish yoʻlida ishlatilishini aytgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring