'Migrantlar huquqni bilmasliklari katta muammo'

Image copyright BBCUZBEK
Image caption Botirjon Shermatov bilan suhbat BBCUZBEK ning YouTube kanalida

Markaziy Osiyodan har yili Rossiyaga millionlab mehnat muhojirlari kelishadi.

Sho'rolar davrida kuzatilmagan mazkur holat ortidagi asosiy sabab esa mintaqa, ayniqsa, O'zbekistondagi og'ir iqtisodiy sharoit, ishsizlik bilan izohlanadi.

Rossiyaga kelayotgan aksariyat mehnat muhojirlari o'z huquqlari yaxshi bilishmaydi. Bu mamlakatdagi barcha ish beruvchi shirkatlar ham muhojirlarning mehnat va boshqa huquqlarini ta'minlamaydi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, huquqiy nuqtai nazardan eng qarovsiz qolgan muhojirlar o'zbekistonliklardir.

"Qator tashkilotlar muammoga duch kelgan mehnat muhojirlariga yordam berishga urinayotgan esa-da, bu yetarli emas", deydi "LeksMobayl" yuridik firmasi rahbari Botirjon Shermatov.

Moskva shahrida mehnat muhojirlariga Rossiyada qonuniy bo'lish tartiblari borasida yo'l-yo'riq va maslahatlar, xujjatlarni rasmiylashtirish borasida yordam beruvchi ushbu firma 10 yildan beri faoliyat yuritadi.

"Hozir mehnat muhojirlari bilan bog'liq eng asosiy muammo, bu ular o'z huquqlarini bilmasliklaridir".

"Ayni shu muammoni hal etish uchun biz migrant.mobi portalini tashkil etdik" deya qo'shimcha qiladi u.

Rossiyadagi migrantlar uchun xujjatlarni tekshirishda qulaylik yaratuvchi ushbu mobil dastur 2015 yil sentyabrida ishlab chikilgan va 120 mingdan ko'p yuklab olingan.

Migratsiya borasida yangiliklar, qonun-qoidalarni o'zbekistonlik migrantlar uchun internet sayti orqali ma'lumotlar berib borayotgan jamoa 2016 yil dekabrda "Tayanch" gazetasi birinchi sonini ham nashrdan chiqargan.

5000 nusxada chop etilgan ushbu gazeta Moskva shahri "Ko'ptarmoqli migratsiya markazi" va Moskva oblastidagi "Yagona migratsiya markazi" kabi migratsiya markazlarida bepul tarqatilgan.

BBCUZBEK huquqshunosni suhbatga tortgan va avvalo, sizning portalingiz boshqalarnikidan nimasi bilan farq qiladi, deb so'ragan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring