Video - "Putin va Shoyguning ukasi Rahmon boʻladi"

Chaqaloq Image copyright COURTESY

Agar, uchinchi nabiram ham oʻgʻil boʻlsa, unisining ismini endi, Tojikiston prezidenti sharafiga, Rahmon, deb qoʻyaman.

Bu kabi niyatni esa, ikki oʻgʻil nabirasini allaqachon Rossiya prezidenti va Mudofaa vazirining ismi bilan atashga ulgurgan tojikistonlik otaxon Rahmon Joʻrayev bildirdi.

Otaxon 29 yanvar kuni dunyoga kelgan ikkinchi nabirasiga Shoyguning ismini berdi.

Dushanbedan taniqli jurnalist Iskandar Firuzning aytishicha, 70 yoshli bu otaxonning Rossiya rahbariyatiga hurmati juda baland.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Tojikiston rahbariyati esa, otaxonning bundan avvalgi ikki qarori misolida boʻlgani kabi, soʻnggi niyatiga ham hozircha biror bir munosabat bildirmagan.

Ammo, jurnalist suhbatdoshimizga koʻra, oddiy tojikistonliklar orasida Rahmon otaning qilgan ishidan allaqachon taajjubu tushunmovchilikda boʻlganlar ozmuncha emasdir.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring