Tramp: "Amerikada biror kor-hol yuz bersa, mahkamalar aybdor"

Tramp Image copyright AFP

Prezident Donald Tramp musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga kirishlariga taqiqqa toʻsiq qoʻygan hakamni tanqid qilar ekan, "agar biror kor-hol" roʻy bersa, amerikaliklar mahkamalarni ayblashi kerakligini aytgan.

Prezident Tramp, shuningdek, chegara xizmati rasmiylariga Qoʻshma Shtatlarga kirayotganlarni "oʻta ehtiyotkorlik" bilan tekshirishga buyurgan.

Shanba kuni Federal Apellyatsiya mahkamasi Tramp maʼmuriyatining taqiqni qayta kuchga kiritish borasidagi arizasini rad qilgan.

Bundan oldin Sietl mahkamasi hakami Jeyms Robart aksariyat aholisi musulmonlar boʻlgan 7 davlat fuqarolarini AQShga kiritmaslik borasidagi oliy farmonga vaqtinchalik toʻsiq qoʻygandi.

Mahkama hukmiga binoan Prezident farmoyishi amalga tadbiq qilinmaydi va Iroq, Suriya, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolari ayni ish toʻla mahkamaga koʻrib chiqilmagunga qadar Amerikaga kirishlariga izn beriladi.

Oq Uy va farmonni savol ostiga olayotgan ikki shtatga oʻz eʼtirozlarini dastaklovchi sabablarni keltirishlari uchun dushanba kuniga qadar muhlat berilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring