"Katolik ruhoniylar bolalarni jinsiy tahqirlashgan"

Xoch Image copyright Thinkstock

Tekshiruv jarayonida Avstraliyadagi katolik ruhoniylarning 7% i 1950-2010 yillar oʻrtalarida yosh bolalarni jinsiy tahqirlagani ayon boʻlgan.

Bolalarni jinsiy tahqirlash boʻyicha tekshiruv olib borgan komissiya toʻplangan statistik maʼlumotlarini oshkor qilgan.

Aniqlanishicha, 1980-2015 oʻrtasida 4,440 dan ortiq kishi jinsiy tahqirlangan.

Mazkur komissiya diniy boʻlmagan tashkilotlardagi holatlarni ham oʻrganmoqda.

Bundan oldin komissiya ruhoniylardan jabr koʻrgan qator insonlarning guvohliklarini tinglagandi.

Jabrdiydalaridan biri "Katolik Nasroniy Birodar" oʻqituvchisi boshqa talabalarga teskari qarashni buyurib, uni sinfxonada tahqirlaganini aytgan.

Boshqa bir holatda boshqa bir cherkov xodimi qizaloqqa pichoq bilan tahdid qilgani va bolalarni oyoqlari orasida tizzalib oʻtishga majburlagan.

Muammoning toʻla koʻlami dushanba kuni oshkor etildi.

Sidneydagi tekshiruv komissiyasida ishlagan yetakchi huquqshunosga koʻra, Avstraliya boʻylab 1000 dan ortiq diniy muassasada jinsiy tahqirlash amallariga qoʻl urilgan.

Jabrlangan qizlar oʻrtacha 10.5, oʻgʻil bolalar esa 11.5 yoshda boʻlishgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring