Afgʻoniston: Tinch aholi orasida talofatlar ortdi

Afgʻoniston Image copyright AP

Afgʻonistonda tinch aholi orasidagi talofatlar soni yangi rekord darajaga chiqqan. BMT chiqargan yillik hisobotida aytilishicha, oʻzini "Islomiy Davlat" atovchi guruh jangarilari masʼul koʻrilgan hujumlarda jabrlanganlar oʻn marotaba ortgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra, 2016 yil tinch aholi vakillaridan 3,498 nafari oʻldirilgan, 7,920 kishi tan jarohati olgan. Bu talofatlar soni 2015 yildagiga qaraganda 3% ortganini anglatadi.

Bolalar orasida ham nobud boʻlgan va yaralanganlar chorak baravar koʻpdir.

Hisobotga koʻra, jangarilar va qoʻshinlar tinch aholi yashovchi mintaqalarda toʻqnashayotganlari ushbu talofatlarning asosiy sababi sifatida koʻrsatiladi.

Xulosa qilinishicha, tinch aholi orasidan berilayotgan talofatlarning uchdan ikki qismiga hukumatga qarshi unsurlar, asosan, Tolibon, chorak qismiga hukumatparast kuchlar ayblanadi.

BMTning Afgʻonistondagi missiyasi rahbari Tadamichi Yamamoto oddiy insonlarning oʻlimi "oʻta ogʻriqli va oldini olish mumkin boʻlgan holatlar" ekanini aytgan.

"Quruqlikdagi janglar va umuman, beqarorlik kuchayishi inson haqlari va xalqaro insonparvarlikka oid qonunlarning qarama-qarshilikka bosh qoʻshgan tomonlar, xususan, aksil-hukumat kuchlar tarafidan hurmat qilinmasligi bilan qoʻshilib, tinch aholini muhofazasi oʻta yomonlashdi", deydi u.

BMT 2009 yildan beri Afgʻonistondagi tinch fuqarolar orasidan berilayotgan talofatlarni hujjatlashtirib keladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring