Оролдаги биологик қурол синов марказининг бугуни
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Oroldagi biologik qurol sinov markazining buguni

Bir vaqtlar Orol dengizidagi Vozrojdeniye orolida shoʻrolar biologik qurol dasturining sinov markazi joylashgandi.

Xavfli viruslar qurol sifatida foydalanish maqsadida sinovdan oʻtkazilgan markaz 90-yillarda yopilgan.

"Mastak" agentligi fotomuxbiri bir necha yil avval u yerga borishga muvaffaq boʻlgan.

Lavhani Youtube da tomosha qiling

Suratlar "Mastak" agentligi

lenta.ru ma'lumotlariga ko'ra, Orol dengizidagi biologik qurol sinov markazi "Barxan" 1942-1992 yillar oralig'ida faoliyat yuritgan.

"Vozrojdenie" orolida joylashgan markazda Kantubek shaharchasi ham bo'lgan.

Kantubekda harbiylar, tadqiqotchilar va ularning oilalari doxil 1500 kishi yashagan.

Kantubekda bolalar bog'chasidan tortib stadion, do'kongacha muassasalar bor edi.

1973 yildan markaz sho'rolar biologik qurol dasturining asosiy sinov yeri edi.

Xavfli viruslar ot, eshak, chorva mollari va maxsus keltirilgan maymunlarda sinalgan.

Guvohlarga ko'ra, 1990 yilda shahar evakuatsiya qilingan.

Ba'zi uskunalar demontaj qilinib, olib ketilgan, qolganlari yerga ko'milgan.

Orol dengizining qurishi tufayli Vozrojdenie ortiq orol emas.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring