Bill O'Rayli: "Qotil" Putindan kechirim soʻramayman

Bill O'Rayli: "Qotil" Putindan kechirim soʻramayman Image copyright Getty Images
Image caption Bill O'Rayli: "Qotil" Putindan kechirim soʻramayman

Fox News boshlovchilaridan biri, jurnalist Bill O'Rayli kelasi bir necha yil ichida Vlidimir Putin shaʼniga aytgan gaplari uchun kechirim soʻramasligini bildirgan.

"Ochigʻi, kechirim soʻrash ustida ishlayapman…ammo bu vaqt talab qiladigan jarayon, balki ...2023 yillarda qoʻlim tegib qolar", deb hazillashgan jurnalist.

Bill O'Raylining bu bahsli bayonoti prezident Tramp bilan suhbat paytida yangragandi.

Jurnalist Trampdan Putinga munosabatini soʻraydi, AQSh prezidenti yana bir bor Putinni hurmat qilishini aytadi, ammo "bu mening hamma bilan ham aloqalarim yaxshi ekanini anglatmaydi", deydi.

Jurnalist esa, "Putin qotil-ku", deb luqma tashlaydi.

"Qotillar koʻp. Bizda ham koʻp qotillar…Nima, bizning mamlakatimizni begunoh deb oʻylaysizmi", deb soʻraydi Tramp jurnalistdan va "Rossiya bilan doʻst boʻlgan maʼqul, teskarisi emas", deya qoʻshimcha qiladi.

Kremldagilar esa AQSh jurnalistining bu chiqishini "toqat qilib boʻlmas va haqoratli", deb atashdi.

"Rostini aytsam, bu kabi obroʻli televizion shirkat bizdan uzr soʻrashini istar edik", deb aytgan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov Trampning javobiga toʻxtalib oʻtirmagan.

"AQSh prezidentining bayonotini men izohsiz qoldirgan boʻlardim", deb aytgan Dmitriy Peskov.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring