ETTB - Oʻzbekiston: Yangi rahbar, yangi sarmoya

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki vakillari Oʻzbekistonga safar qilgan Image copyright Ebrd
Image caption Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki vakillari Oʻzbekistonga safar qilgan

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki vakillari Oʻzbekistonga safar qilgan.

Bank mulozimlarining safaridan maqsad Oʻzbekiston bilan bir necha yillik tanaffusdan keyin aloqalarni qaytadan tiklash ekanligi aytilmoqda.

YeTTB vakillariOʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan qabul qilingan.

Bundan oʻn yilcha avval Oʻzbekistonni tark etgan YeTTB mamlakatdagi ayrim loyihalarini cheklab qoʻygani aytiladi.

Islom Karimov oʻlimidan keyin qudratga kelgan prezident Mirziyoyev mamlakatga xorijiy sarmoyalarni kiritish, iqtisodni erkinlashtirishga doir qator vaʼdalar bergan edi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, Abdulaziz Komilov Yevropa bankining Turkiya va Markaziy Osiyo boʻlimi direktori Nataliya Xanjenkova bilan muzokara oʻtkazgan.

Muzokaralar chogʻida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining prezidenti Suma Chakrabortining Oʻzbekistonga rejalayotgan safariga doir masalalar ham koʻtarilgan.

Karimovni izza qilgan bank

2003 yil may oyida Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot banki Toshkentda yillik yigʻinini oʻtkazgan edi.

BMT Oʻzbekistonda qiynoq qoʻllash holatlari keng va sistematik ravishda roʻy berishi haqida hisobotini eʼlon qilar ekan, prezident Karimov xalqaro bosim ostida qolgan edi.

Yevropa Bankining Toshkentda oʻz yillik yigʻinini oʻtkazish qarori ham xalqaro hamjamiyat tanqidlariga sabab boʻlgandi.

Ammo yigʻin arafasida Toshkentdagi diplomatik davralar va xalqaro jurnalistlar orasida goʻyo Karimovning qiynoqlar va inson huquqlarini poymol qilish holatlari haqida ochiq nutq soʻzlashiga doir xabarlar tarqaldi.

"Jurnalistlar va ayrim Gʻarb diplomatlari Karimov qiynoq qoʻllanishini qoralashini kutishgandi. Bunday boʻlmadi. Ammo Buyuk Britaniyadan kelgan vazir Kler Short Karimovga qattiq gapirdi. Qiynoqlarni jiddiy qabul qiling, BMT maslahatlarini hayotga tatbiq eting, dedi. Islom Karimovga bu yoqmaganidan qizarib ketgani yodimda", deb xotirlaydi 2003 yilda Toshkentda kechgan Yevropa banki yigʻinida qatnashgan jurnalist.

Islom Karimov oʻz nuqtida qiynoqlar masalasini mutlaqo tilga olmadi.

Britaniyada chiqadigan Guardian gazetasi Karimovning YeTTBning bosimlariga turib berganini bankni noqulay ahvolga solib qoʻygani haqida yozgan edi.

Bank oʻzining yillik yigʻini uchun Toshkentni tanlagani uchun mahalliy va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid ostida qolgan edi.

Yevropa Banki sobiq Shoʻro davlatlariga milliardlab dollar sarmoya kiritgan.

Oʻzbekistonga ham Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki salmoqla yotirimlar qilgani aytiladi.

Bank vebsahifasida sarmoyalar miqdori 899 million yevroga tengligi koʻrsatilgan.

Oʻzbekistonda Yevropa Banki ishtirokidagi loyihalar soni ellikdan ortiq.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring