Kelinlikni oʻrgatadigan koʻrsatuv kerakmi?

"Kelin" koʻrsatuvi omma orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlyapti Image copyright David Trilling/Eurasianet
Image caption "Kelin" koʻrsatuvi omma orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlyapti

Qirgʻizistonning KTRK kanalida namoyish qilinadigan "Kelin" koʻrsatuvi mamlakat deputatlari noroziligiga sabab boʻldi.

Bu haqida Qirgʻiziston saytlari xabar tarqatmoqda.

Deputat Aynura Altibayevaning aytishicha, saylovchilar unga murojaat qilib mazkur dasturning efirdan olib tashlanishiga yordam berishini soʻrashgan.

"OTRKning nazorat kengashi bu koʻrsatuvning darajasini koʻrib chiqishi kerak. Agar davlat kanali qandaydir mahsulotni tayyorlasa, u avvalo tekshiruvdan oʻtishi kerak", - degan u.

"Kelin" koʻrsatuvi omma orasida qizgʻin bahslarga sabab boʻlyapti.

Tomoshabinlar fikri ikkiga boʻlingan.

Baʼzilar bu koʻrsatuv kelinlarning kuyov oilasidagi qullik maqomini targʻib qilishini aytsa, boshqalar kelinlar bu koʻrsatuv orqali oddiy xoʻjalik yuritish ishlarini oʻrganib olishlarini aytishadi.

KTRK esa mazkur koʻrsatuv oʻz xodimlari tomonidan tayyorlanmagani, balki mustaqil studiya mahsuloti ekanini aytishadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring