Xorijdagi shifokorlar Oʻzbekistonga qaytarmikan?

Vazirning aytishicha, xorijda ishlayotgan shifokorlarni ragʻbatlantirish uchun turli imtiyozlar ishlab chiqiladi Image copyright John Rae/theglobalfund
Image caption Vazirning aytishicha, xorijda ishlayotgan shifokorlarni ragʻbatlantirish uchun turli imtiyozlar ishlab chiqiladi

Oʻzbekiston prezidentining koʻrsatmasiga binoan Sogʻliqni saqlash vazirligi xorijda ishlayotgan shifokorlarni vatanga qaytarish masalasi ustida ishlayapti. Bu haqida Sogʻliqni saqlash vaziri Adham Ikromovning jurnalistlar bilan uchrashuvida qatnashgan gazeta.uz sayti xabar tarqatdi.

Vazirning aytishicha, xususan Norvegiya, Daniya, Quvayt va Rossiyada kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, ortopediya, travmatologiya va jigar xirurgiyasi yoʻnalishlari boʻyicha ishlayotgan oʻzbekistonlik vrachlar bilan muloqot oʻrnatilgan.

Ularning 10−15 nafari bir yil ichida Oʻzbekistonga qaytishga rozi boʻlishgan.

Mustaqillik yillarida oʻzbekistonlik koʻplab tibbiyot xodimlari xorijiy mamlakatlarga chiqib ketganlar. Xususan Yamanda yuzlab oʻzbekistonlik vrachlar va hamshiralar ishlaydilar.

Yamanda davom etayotgan janglar tufayli u yerga oʻzbek mutaxassislari oqimi kamaygan, ammo toʻxtamagan.

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar oqsashi tufayli koʻplab bemorlar Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Hindiston va Germaniya kabi davlatlarga muolaja uchun chiqadilar.

Vazirning aytishicha, xorijda ishlayotgan shifokorlarni ragʻbatlantirish uchun turli imtiyozlar, jumladan kvartira va yaxshi maosh bilan taʼminlash koʻzda tutiladi. Lekin bu imtiyozlar faqat oliy malakali shifokorlarga beriladi.

Vazirlik ayni damda Taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda chet mamlakatlarda taʼlim olgan lekin Oʻzbekistonda ishlashni istagan bitiruvchilarni qulayroq ish sharoitlari bilan taʼminlash masalasini muhokama qilayotgani aytiladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring