Yer qaʼriga yoʻl Boysundami?

Image copyright NATIONAL GEOGRAPHIC
Image caption "Qorongʻi yulduz" ogʻzini rossiyalik alpinistlar 1984 yilda topishgan, ammo ilk marta uning ichidagi tizimni britaniyaliklar 1990 yilda kashf qilishgan va bugungi nomini berishgan

Nufuzli "National Geographic" jurnalining mart oyi sonida chop qilinishi kutilayotgan maqolada aytilishicha, Oʻzbekistonning Boysun shahri yaqinidagi gʻor yer yuzidagi eng chuqur gʻor boʻlishi mumkin.

Asosan rossiyalik 31 kishilik ekspeditsiyaga qoʻshilgan britaniyalik tadqiqotchi Mark Sinnotning maqolasida yozilishicha, "Qorongʻi yulduz" deya nom olgan mazkur gʻor tobora koʻp alpinistlarni oʻziga jalb etyapti.

Image copyright NATIONAL GEORGRAPHIC
Image caption Hali hech kim "Qorongʻi yulduz"ning qaʼriga yetib bormagan.

"Biz bilamizki, Everest choʻqqisi yer yuzidagi eng baland choʻqqi, lekin yangi va bahaybat yerosti boʻshliqlarini topish yoʻlidagi salohiyatning chegarasi yoʻq. Olimlar yer ostida nima yashiringanidan koʻra Mars sayyorasi haqida koʻproq bilimga egalar", - deb yozadi u.

Gruziyadagi Krubera gʻori shu kungacha aniqlangan eng chuqur gʻordir. Uning chuqurligi 2196 metr. Ammo, Boysundagi gʻor undan ancha chuqurroq boʻlishi mumkin.

Image copyright NATIONAL GEOGRAPHIC
Image caption Gʻor yoʻlaklari muzlar bilan qoplangan

"Qorongʻi yulduz" ogʻzini rossiyalik alpinistlar 1984 yilda topishgan, ammo ilk marta uning ichidagi tizimni britaniyaliklar 1990 yilda kashf qilishgan va bugungi nomini berishgan.

U yer ostida qoʻshni "Festivalnaya" gʻori tizimlari bilan qoʻshilishi mumkin degan qarashlar tufayli jahonning eng ashaddiy gʻorchilari Boysunga qiziqib qolganlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring