Suriyada Rossiya havo zarbasi turk askarlarni oʻldirdi

Turk askarlari suriyalik isyonchilarga IDga qarshi kurashda yordam bermoqdalar Image copyright Reuters
Image caption Turk askarlari suriyalik isyonchilarga IDga qarshi kurashda yordam bermoqdalar

Suriya shimolidagi Rossiya havo zarbalari tasodifan uch turk askarini oʻldirar ekan, Prezident Vladimir Putin Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻanga taʼziya bildirdi.

Bu haqida Turkiya hukumati xabar tarqatdi.

Turkiya askarlari Suriyadagi al-Bab shahrini Islomiy Davlat jangarilaridan tortib olish uchun kurashayotgan isyonchilarga yordam berayotgan boʻlishgan.

Turkiya armiyasi bildirishicha, Rossiya qiruvchi samolyoti baʼzi turk askarlari joylashgan binoga hujum qilgan.

Zarba IDni nishonga olishga uringan, ammo, Turkiya aytishicha, "baxtsiz tasodif tufayli bizning uch askarimiz shahid boʻldi".

Kremlь rus tilida chiqargan bayonotida Prezident Putin telefon orqali oʻz turk hamkasbiga taʼziya bildirgani aytiladi.

Turk armiyasining amaliyoti rasmiy Anqaraning ID va kurd jangchilarini Turkiya chegaralaridan yiroqlashtirish yoʻlidagi keng dasturning bir qismidir.

Suriyadagi urushda qarama-qarshi tomonlarni qoʻllovchi Rossiya va Turkiya oxirgi vaqtda birgalikda IDga qarshi havo zarbalarini amalga oshirmoqdalar.

Ikki yil avval Turkiya oʻzining Suriya bilan chegarasi yaqinida Rossiya samolyotini urib tushirishi ortidan Rossiya-Turkiya aloqalari keskin sovuqlashgandi.

Ammo, Erdoʻgʻan va Putin oʻtgan yil munosabatlarni yana yaxshilashga muvaffaq boʻlganlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring