Tramp yangi taqiq kiritmoqchi

Image copyright Getty Images
Image caption Prezident Trampning ilk farmoni AQShda tartibsizlik va noroziliklarga sabab boʻlgan.

Donald Tramp muayyan mamlakatlar fuqarolarining AQShga kirishini cheklovchi boshqa yangi farmonni imzolash arafasida.

Uning yettita musulmon davlati vatandoshlariga qarshi qaratilgan ilk farmoni AQSh mahkamalari tomonidan toʻxtatib turilmoqda.

Ammo AQSh prezidenti Air Force One muxbirlari bilan suhbatda kelasi dushanba yo seshanba kuni yangi taqiq borasidagi farmonni imzolashini aytdi.

Oldinroq esa San Frantsiskodagi shikoyat mahkamasi Trampning ilk taqigʻini toʻxtatib turish haqidagi birinchi mahkama qarorini qoʻllab hukm chiqargandi.

Aksar musulmonlarning AQShga kirishini taqiqlovchi ilk farmondan farqli tarzda, yangisining tafsilotlari maʼlum emas.

Prezident Tramp yangi farmondagi oʻzgarishlar "juda kichik" boʻlishini aytgan.

U mahkamalar tarafidan toʻxtatib turilgan ilk farmonini qayta ishga solish uchun kurashishda davom etishini ham taʼkidlagan.

"Biz kurashda gʻolib chiqamiz" - degan jurnalistlar bilan suhbatda Donald Tramp.

"Afsuski, bu uchun vaqt kerak. Biz gʻolib boʻlamiz. Ayni paytda, boshqa yoʻllarini ham koʻramiz. Masalan, boshqa bir yangi farmonni imzolash mumkin".

Prezident sifatida ish boshlaganiga bir hafta toʻlar-toʻlmas chiqargan ilk farmoni Eron, Iroq, Liviya, Somali, Suriya, Yaman va Sudan fuqarolarining AQSh kirishini taqiqlardi.

Toki mahkamalar mazkur farmonga qarshi hukm chiqarguncha, mamlakat boʻylab ayeroportlarda tartibsizliklar va koʻp ming kishilik namoyishlar kelib chiqdi.

Uning ilk taqiq farmoni "musulmonlarga qarshi qaratilgan dushmanona munosabatni koʻrsatadi" degan fikrlarni musthkamladi.

Negaki, farmon nafaqat noqonuniy muhojirlarni, balki qonuniy yashash va ishlash huquqiga ega boʻlgan odamlarni, hattoki Suriyadagi urushdan qochayotgan qochqinlarni ham AQShga kiritmaslikni koʻzda tutardi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq