Shvetsiya hijob oʻragan vazirini himoya qildi

Shvetsiya savdo vaziri An Linde oʻtgan hafta Eronga borgan biznes delegatsiyasiga rahbarlik qilganida boshini roʻmol oʻragan Image copyright AP
Image caption Shvetsiya savdo vaziri An Linde oʻtgan hafta Eronga borgan biznes delegatsiyasiga rahbarlik qilganida boshiga roʻmol oʻragan

Shvetsiya hukumati oʻz rasmiylarining Eronga safari chogʻida hijob oʻraganlarini himoya qilib chiqdi.

Rasmiy Stokgolmning bildirishicha, hijob oʻramaslik Eron qonunlarini buzishni anglatgan boʻlardi.

Shvetsiya savdo vaziri An Linde oʻtgan hafta Eronga borgan biznes delegatsiyasiga rahbarlik qilganida boshiga roʻmol oʻragan.

Shvetsiya jahondagi eng birinchi "feminist hukumat"iga ega ekanini aytadi.

Erondagi taniqli ayol huquqlari faollari va Shvetsiya siyosatchilari Linde xonimning hijob oʻraganini qoralaganlar.

Eron oʻz qonunlari bilan ayollarning huquqlarini poymol etishini daʼvo qilgan Liberal partiya rahbari Yan Byorklundning aytishicha, "bu koʻrinish feminist tashqi siyosatni barbod qiladi".

Uning fikriga koʻra, Shvetsiya hukumati oʻz ayol vakillari roʻmol oʻramasligini talab qilishi kerak edi. Agar, deydi u, Eron bu talabni qondirmasa, kelishuvlar uchinchi mamlakatda imzolanishi kerak edi.

Linde xonim Aftonbladet gazetasiga gapira turib Eron qonunlarini buzishni istamaganini aytgan.

U faqat erkaklardan tashkil topgan delegatsiyani yuborishdan koʻra oʻzi roʻmol oʻrab borishni afzal koʻrganini bildirdi.

Oy boshida Shvetsiya Bosh vazirining oʻrinbosari Izabella Lovinning oʻz ayol hamkasblari qurshovida iqlim qonuniga imzo chekayotgani aks etgan surat oʻzini erkaklar bilan qurshagan Donald Trampni mazax qilayotgani aytilgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring