Rus elchisi qatli surati nufuzli mukofot oldi

Suiqasd chogʻida Oltintosh Rossiya armiyasi jang qilayotgan Suriya, xususan Halab shahri haqida xitob qilgan Image copyright Reuters
Image caption Suiqasd chogʻida Oltintosh Rossiya armiyasi jang qilayotgan Suriya, xususan Halab shahri haqida xitob qilgan

Associated Press xabar agentligining fotografi Burxon Oʻzbiliji Turkiyadagi Rossiya elchisi Andrey Karlovning qotilligi aks ettirilgan surati uchun World Press Photo mukofotiga sazovor topildi.

Agentlik xabar qilishicha, mazkur foto Oʻzbilijining qotillikka bagʻishlangan fotolavhasining bir qismi edi, ammo qotilning elchi jasadi ustida toʻpponcha bilan turgan suratigina mukofot oldi.

Andrey Karlov 19 dekabrda Anqaradagi rus koʻrgazmasi ochilishida otib oʻldirilgandi.

Uni marosimga qoʻriqchi sifatida kirgan turk maxsus xizmatlarining 22 yoshli zobiti Mavlut Mart Oltintosh oʻldirgan.

Politsiyachilar soʻngra qotilni otib oʻldirishga muvaffaq boʻlganlar.

Suiqasd chogʻida Oltintosh Rossiya armiyasi jang qilayotgan Suriya, xususan Halab shahri haqida xitob qilgan.

Oʻzbiliji koʻrgazmaning ochilish marosimini yoritayotgan suratkashlar orasida boʻlgan. Otishma boshlanishi ortidan u yashiringan, ammo suratga olishda davom etgan.

U olgan suratlar jahondagi barcha yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan qoʻllanilgan.

World Press Photo musobaqasiga 125 mamlakatdan 5034 fotograf oʻz ishlari namunalarini yuborganlar.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring