Trampning Rossiyaga aloqadorlikda gumonlangan maslahatchisi isteʼfo berdi

Maykl Flinn isteʼfoga chiqdi Image copyright Reuters
Image caption Maykl Flinn isteʼfoga chiqdi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Maykl Flinn isteʼfoga chiqdi. U Rossiya elchisi Sergey Kislyak bilan dekabr oyi oxirida aloqaga chiqqanligi haqidagi axborotni toʻliq bermaganligini tan oldi va Donald Trampdan buning uchun uzr soʻradi. Filinning oʻrnini general Jozef Kellog egalladi.

Flinn isteʼfoga chiqish arizasida Trampning inauguratsiyasi arafasida hodisalarning tezlikda rivojlanishi tufayli va "ehtiyotsizlik bilan vitse-prezident va boshqalarga Rossiya elchisi bilan boʻlgan telefon suhbatiga bogʻliq axborotni toʻliq" bermaganligini yozgan.

"Men prezident va vitse-prezidentdan chin dildan uzr soʻradim, ular uzrimni qabul qilishdi", - deyiladi arizada.

Flinn Rossiyaning Vashingtondagi elchisi bilan dekabr oyida gaplashgandi. Sobiq harbiy qoʻmondon avvaliga suhbat mavzusi Rossiyaga qoʻllanilgan sanktsiyalar boʻlganini rad etdi. Uning ortidan vitse-prezident ham shu kabi bayonot bilan chiqdi. Filinn keyinroq Oq uyga sanktsiyalar mavzusi gaplashilgan boʻlishi mumkinligini aytdi.

Xafvsizlik masalalari boʻyicha maslahatchi vazifasini Kit Kellog nomi bilan mashhur Jozef Kit Kellog bajaradi. U oldin AQShning milliy xafvsizlik boʻyicha Kengash apparati rahbari lavozimida ishlagan. Armiyada 30 yildan oshiq ishlagan, Vьetnam, Kambodja, Panama va Fors koʻrfazida xizmat qilgan.

Washington Post gazetasining yozishicha, AQSh adliya vazirligi oldinroq Oq uyni Filinning Rossiya elchisi Kislyak bilan aloqalari borasida ogohlantirgan. Vazirlikka koʻra, Filinn Rossiya tomonidan shantaj nishoni boʻlgan boʻlishi mumkin.

Maykl Flinn oʻtgan yilning dekabr oyida telefon orqali elchi Sergey Kislyak bilan bir necha marotaba telefon orqali suhbatlashgan.

Oʻtgan haftagacha Flinn ushbu suhbatlar davomida AQSh tomonidan Rossiyaga Qrimni qoʻshib olgandan soʻng va Ukraina sharqida qurolli toʻqnashuvlar boshlangan vaqt hamda keyinroq Amerika siyosiy institutlariga uyushtirilgan xakerlar hujumidan keyin kiritilgan sanktsiyalar borasida soʻz borganini rad etib keldi.

Biroq Amerika maʼmuriyatining oʻsha vaqti va hozir ishlayotgan 9 xodimi Washington Post ga Flin va Kislyak oʻrtasidagi suhbatlarda sanktsiya masalasi koʻtarilganini aytishgan. Gazeta suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, Flinn va elchi Kislyakov oʻrtasida aloqalar Amerikada 8 noyabrda oʻtgan prezident saylovlariga qadar yoʻlga qoʻyilgan edi.

Washington Post manbalarining fikriga koʻra, dekabrdagi suhbatlardan soʻng elchi Kislyakda Rossiyaga nisbatan qoʻllanilgan sanktsiyalar Tramp inauguratsiyasidan soʻng koʻrib chiqiladi degan taassurot paydo boʻlgan. Maqola chop qilingandan soʻng, Flinning vakili general sanktsiyalar borasida suhbat boʻlgan yo boʻlmaganliginii "aytolmasa kerakligini" bildirgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dushanba kuni jurnalistlarga Flinn va Kislyak sanktsiyalarni olish borasida suhbatlashmaganini aytgan.

Flinn va Kislyakning besh marotaba telefon orqali suhbatlashgani haqida ilk bora Reyter agentligi yozdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, suhbat 29 dekabr Obama maʼmuriyati Rossiyaga nisbatan yangi sanktsiyalar qoʻllagan kuni boʻlib oʻtgan.

Logan Akti AQSh fuqarolariga, tegishli lavozimni rasman egallagunga qadar, AQSh bilan kelishmovchilikka ega chet el davlati rasmiy vakillari bilan muzokara olib borishni taqiqlaydi.

Akt 1798 yili qabul qilingan va oʻsha yili kuchga kirgan.

Ushbu qonunni buzish ogʻir jinoyat hisoblanadi. Biroq bu vaqtga qadar AQSh tarixida Logan Aktini buzish boʻyicha hech kim javobgarlikka tortilmagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring