Video - Hijratda baxt topganlar

Bahrom va oilasi Image copyright BBCuzbek

Rasmiy raqamlarga koʻra, bugun 3 milliondan ortiq oʻzbekistonlik Rossiyada mehnat muhojiriga aylangan.

Ammo asl raqamlar aytilayotganidan koʻra yuqori ekani taʼkidlanadi.

Videolavhani BBCUZBEK ning YouTube dagi kanalida tomosha qiling.

Millionlab oʻzbekistonliklar Rossiyada, oilalaridan yiroqda rizq topishga mahkum qolayotgan ekan, mazkur holat koʻplab oilalarning buzilishiga yetaklayotgani borasida xavotirlarni ham oʻrtaga chiqaradi.

Kuzatuvchilar koʻpda butun bir avlod otasiz voyaga yetayotganiga eʼtibor qaratadilar.

Ammo ayni paytda muhojirotda baxt topganlar ham yoʻq emas.

Bahrom Raipov oʻn yildan ortiqroq vaqtdan beri Rossiyada. U ham koʻp qatori bu yerga ishlab pul topish maqsadida kelgan. Muhojirlik barcha pastu balandliklaridan oʻtishiga toʻgʻri kelgan.

Ammo, Bahrom Rossiyadan nafaqat pul, balki baxtini topganlardan, u rus millatiga mansub ayol bilan oila qurgan.

Turmush oʻrtogʻi Yelena koʻp oʻtmay Islomni ham qabul qilgan.

Bahromning oilasi Rossiyada koʻpfarzandli hisoblanadi. Unga koʻra, davlat bunga eʼtiborsiz emas.

"Ammo, nima boʻlmasin, oʻz yurtingga yetmaydi. Ota-yurt baribir oʻziga tortadi", deydi Bahrom.

BBCUZBEK Bahrom Raipov va uning oilasi bilan uchrashgan.

Muhojirlikning qattiq noni - loyihamizni koʻzdan qochirmang.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring