Shimoliy Koreya rahbarining oʻgay akasi Malayziyada oʻldirildi

Kim Chon Nam Image copyright AFP
Image caption Kim Chon Nam islohotlar tarafdori sifatida tanilgandi

Malayziya rasmiylari Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning oʻgay akasi Kim Chon Namning oʻlganini tasdiqlashgan.

Rasman oʻlim sababi maʼlum qilinganicha yoʻq, ammo Janubiy Koreya va Malayziya matbuoti xabarlariga koʻra, 45 yoshli Kim Chon Nam Kuala-Lumpur aeroportida oʻldirilgan.

Malayziya hukumatidagi manbaʼning BBCga tasdiqlashicha, hozirda Kim Chon Namning jasadi kriminalist espertlar tomonidan tekshirilmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Chosun telekanali Kim Chon Nam Kuala-Lumpur aeroportida zaharli igna vositasida oʻldirilgani haqida xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, u ikki ayolning hujumiga uchragan, hujumchilar hodisa joyidan yashiriinishga muvaffaq boʻlganlar.

Marhumning oilasiga yaqin BBC manbaʼsi Kim Chon Nam zaharlanish natijasida oʻlganini tasdiqlagan.

Avvalroq mahalliy politsiya rahbari Abdul Aziz Ali dushanba kuni aeroportda Shimoliy Koreya fuqarosi oʻzini yomon his qilib qolgani va shifoxonaga olib borilayotganda hayotdan koʻz yumganini aytgandi.

Kim Chen Irning katta oʻgʻli boʻlgan Kim Chon Nam Shimoliy Koreya rahbarligiga daʼvogarlardan boʻlgan.

Ammo 2001 yilda soxta pasport bilan Yaponiyaga safar qilmoqchi boʻlgan Kim Chon Nam bilan otasi oʻrtadasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Natijada ikkinchi oʻgʻil - Kim Chen In voris etib tayinlanadi va 2011 yilda otasining oʻrnini egallaydi.

Oxirgi yillarda Kim Chon Nam Shimoliy Koreyada koʻrinmay qolgandi.

Xabarlarga koʻra, u asosiy vaqtini Xitoyning Makao shahrida oʻtkazgan.

Kim Chon Nam islohotlar tarafdori sifatida tanilgan, yapon nashrlaridan biriga intervyusida u Shimoliy Koreyada hokimiyatning merosxoʻrlik asosida oʻtishiga qarshiligini aytgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring